Yangiliklar

Qurilish materiallari eksport geografiyasi tobora kengaymoqda


10.09.2024 17:52

Joriy yilning 10-sentyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida qurilish materiallari eksporti tahliliga bag‘ishlagan brifing o‘tkazildi.

Joriy yilda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga 1,1 mlrd. AQSH dollari miqdorida qurilish materiallari va xizmatlarni eksport qilish bo‘yicha reja ko‘rsatkichlari belgilangan.

O‘tgan 7 oy davomida tarmoq korxonalari tomonidan 453,4 mln. dollar miqdorida qurilish materiallari va xizmatlari eksporti amalga oshirilib, belgilangan reja 108,8 foizga bajarildi.

Bunda 138,8 mln. dollarlik metall buyumlar, 62,5 mln. dollarlik PVX profil, truba va fitinglar, 41,9 mln. dollarlik gulqog‘oz, 34,6 mln. dollarlik keramik plitka va keramika buyumlari, 29,3 mln. dollarlik quruq qurilish qorishmalari, 26,1 mln. dollarlik alyumin profil va panellar, 21,5 mln. dollarlik tabiiy pardozbop toshlar kabi qurilish materiallar eksport qilindi.

Davlatlar kesimida Rossiyaga 119,3 mln. dollarlik, Qozog‘istonga 105,7 mln. dollarlik, Tojikistonga 58,2 mln. dollarlik, Qirg‘izistonga 50,3 mln. dollarlik, Belarusga 17,3 mln. dollarlik, Turkmanistonga 10,9 mln. dollarlik, Ozarbayjonga 9,2 mln. dollarlik, Litvaga 6,7 mln. dollarlik, Xitoyga 5,1 mln. dollarlik, Latviyaga 4,2 mln. dollarlik qurilish materiallari eksporti amalga oshirildi.

Shuningdek, eksport ko‘lamini kengaytirish, yangi hamkorlarni topish maqsadida mahalliy tadbirkorlar va uyushma mutaxassislari Afg‘oniston, Xitoy, Tojikiston, Chexiya, Ozarbayjon kabi davlatlarda tashkil etilgan xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etdi.

Aksariyat qurilish materiallar bo‘yicha tarmoqda yangi quvvatlar barpo etildi, mavjud korxonalar modernizatsiya qilindi. Bundan tashqari, istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga ba’zi turdagi qurilish materiallari eksportini bir necha barobarga oshirishga muvaffaq bo‘lindi.

Jumladan, 2023 yilga nisbatan issiqlik saqlovchi materiallar 5,5 barobarga, tabiiy pardozbop toshlar 1,6 barobarga, metall buyumlar 1,5 barobarga, oyna mahsulotlari 1,2 barobarga ko‘p eksport qilindi.

Brifingda eksport geografiyasi an’anaviy bozorlardan tashqari Kipr, Oman, Janubiy Afrika, Serbiya davlatlari hisobiga ham kengaytirilgani ta’kidlandi.

 

Bank Axborot xizmati





09/18/2024 12:08:51 pm
Atrof-muhitni asrash uchun: O‘zsanoatqurilishbankka EDGE sertifikati taqdim etildi

O‘zsanoatqurilishbank binosiga EDGE sertifikati taqdim etildi. Bunday sertifikatni O‘zbekiston tijorat banklari ...

09/13/2024 10:41:33 am
Fargʻonada elektrotexnika ishlab chiqarishga ixtisoslashgan texnopark qurilishi boshlandi

Joriy yilning 11-sentyabr kuni Fargʻona shahridagi elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashga ...

09/10/2024 12:07:51 pm
O‘zsanoatqurilishbank Osiyo taraqqiyot banki mukofotiga sazovor bo‘ldi

Joriy yilning 3-sentyabr kuni Singapur shahrida Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning “Savdo va ta’minot zanjirini m ...


Last updated date: 17.09.2024 17:53  
up