Ta’lim uchun moliyaviy ko‘mak: SQB imkoniyatlari


03.09.2026 15:24

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasasi xodimlari va talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Muloqot davomida ishtirokchilarga bankning zamonaviy xizmat va mahsulotlari, shuningdek, talabalarning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan takliflar haqida ma’lumot berildi.

Tadbir doirasida talabalarga Visa Picture talaba kartalari taqdim etildi. Mazkur kartalar kundalik to‘lovlarni amalga oshirish hamda bank xizmatlaridan qulay foydalanish imkonini beradi.

Shuningdek, talabalarga ta’lim xarajatlarini moliyalashtirishda muhim moliyaviy vositalardan biri bo‘lgan ta’lim krediti bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Xususan, kreditni ajratish shartlari, rasmiylashtirish tartibi va undan foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumot taqdim etildi.

Ta’lim krediti O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi – 14 foiz miqdorida ajratilishi qayd etildi.

Uchrashuvda xotin-qizlar uchun ta’lim krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari hukumatimiz tomonidan moliyalashtirilishi ham alohida ta’kidlandi. Mazkur imkoniyat xotin-qizlarning oliy ta’lim olish bilan bog‘liq xarajatlarini moliyalashtirishda qo‘shimcha qulaylik yaratadi.

Tadbir yakunida talabalar va muassasa xodimlari bank mutaxassislariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, bank xizmatlari va ta’lim krediti yuzasidan batafsil javoblar oldilar.

 





09/08/2026 12:24:37 pm
Shaffof bank — ishonchli hamkor: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...

09/04/2026 07:07:02 pm
SQB AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida AI-transformatsiya tajribasini taqdim etdi

“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...

08/27/2026 02:33:08 pm
SQBda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va profilaktika choralari kuchaytirilmoqda

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati korrupsiyaviy xavflarni oldindan aniqlash va ularni keltiri ...


Last updated date: 03.09.2026 15:24  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит