SQB bosh ofisida alohida eʼtibor talab etiladigan va ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.
Maʼlumki, joriy yil 24-fevral kuni davlatimiz rahbari yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazib, ularni qoʻllab-quvvatlash, kasb-hunarga oʻqitish va bandligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.
Uchrashuvda bank rahbariyati tomonidan yoshlarni kasbga yoʻnaltirish, zamonaviy kasblarga oʻqitish va ish bilan taʼminlash boʻyicha yaratilgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, kasb egallash istagini bildirgan yoshlarni bank koʻmagida oʻqitish imkoniyati mavjudligi taʼkidlandi.
Uchrashuv davomida ishsiz yoshlar bilan ularni kasbga oʻqitish va ish bilan taʼminlash masalalari yuzasidan alohida suhbatlar oʻtkazilib, nomutaxassis yoshlarni mono markazlarda kasbga oʻqitish hamda ishga ehtiyoji bor yoshlarni munosib ish oʻrinlari bilan taʼminlash boʻyicha amaliy choralar belgilab olindi.
Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, yoshlar bandligini taʼminlash va zamonaviy mutaxassislar tayyorla ...
Bugungi kunda sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalari nafaqat texnologik trend, balki iqtis ...
Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallardan birida "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB faoliyati va bank rahbariyati tomonidan qab ...

