Prezidentimizning joriy yil 24-fevralda yoshlar bilan oʻtkazgan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida har payshanba kuni joylarda “Rahbar va yoshlar” formatida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Mazkur topshiriqlar doirasida Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Samarqand va Xorazm viloyatlarida oliy taʼlim muassasalari talabalari bilan ochiq muloqotlar oʻtkazildi.
Uchrashuvlar davomida yoshlarning fikr-mulohazalari va tashabbuslari tinglandi, bank xizmatlari, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, yoshlar bandligini taʼminlash hamda biznes gʻoyalarni moliyalashtirish imkoniyatlari haqida maʼlumotlar berildi.
Muloqot jarayonida talabalar tomonidan bitiruvchilar uchun 1-3 oylik amaliyot dasturlarini yoʻlga qoʻyish, bankning real ish jarayonlari va dasturiy tizimlari bilan tanishish imkoniyatini kengaytirish, shuningdek bank faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan innovatsion loyihalar tanlovlarini tashkil etib, gʻoliblarni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar bildirildi.
Taʼkidlanganidek, bunday ochiq muloqotlar yoshlarning bilim va amaliy koʻnikmalarini oshirish, ularni zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish, shuningdek istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, yoshlar bandligini taʼminlash va zamonaviy mutaxassislar tayyorla ...
Bugungi kunda sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalari nafaqat texnologik trend, balki iqtis ...
Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallardan birida "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB faoliyati va bank rahbariyati tomonidan qab ...

