Tadbirlar

Oʻzsanoatqurilishbankning korrupsiyaga murosasizlik sertifikati qayta tasdiqlandi


21.06.2023 11:06

Oʻzsanoatqurilishbankning korrupsiyaga murosasizlik sertifikati qayta tasdiqlandi

Joriy yilning 7-9-iyun kunlari Oʻzsanoatkurilishbank korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi birinchi bor tashqi kuzatuv audit tekshiruvidan oʻtkazildi. Xalqaro auditorlar xulosasida bankning ushbu yoʻnalishdagi faoliyati ISO 37001:2016 xalqaro standart talablariga muvofiqligi yana bir bor tasdiqdandi.

Davlatimiz rahbarining oʻtgan yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzsanoatkurilishbank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standartlar doirasida yoʻlga qoʻyildi.

Xususan, xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda xalqaro standartlar asosida ishlaydigan anti-korrupsion tizim joriy qilindi. Zarur ichki normativ hujjatlar ishlab chiqildi, bankning ichki va tashqi muhiti oʻrganildi, korrupsiya xavf-xatarlari baholanib, bu borada tizimli ishlar yoʻlga qoʻyildi.

Natijada, 2022-yilning iyun oyida bank tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi boʻyicha ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikati qoʻlga kiritildi. Bunday sertifikat, shuningdek, muassasaning hududiy tarmoqlariga ham taqdim etildi.

Joriy yilda “Cert International” – xalqaro sertifikatlash tashkiloti auditorlari tomonidan oʻtkazilgan tahlil natijasiga koʻra, bank tizimida korrupsiyaga karshi kurashish borasida nomuvofiqliklar aniqlanmay, uning ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatiga munosibligi yana bir bor isbotlandi.

 

Bank Axborot xizmati





09/18/2024 12:31:59 pm
Manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish masalalariga oid muhim uslubiy ishlanmalar tayyorlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Adliya vazirligi va Huquqni muhofaza qilish akademi ...

07/16/2024 12:33:00 pm
O‘zsanoatqurilishbankning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tashqi audit natijalari ijobiy

Joriy yilning 9-12-iyul kunlari O‘zsanoatqurilishbankn ...

05/14/2024 03:35:55 pm
Yangi O‘zbekistonning aksilkorrupsiya islohotlari fakt va raqamlarda.

Videorolik “Yuksalish” Harakati tomonidan tayorlangan. ...


Last updated date: 21.06.2023 15:34  
up