E'lonlar

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati


11.06.2026 14:53

Ijtimoiy tarmoqlarda Marg‘ilon shahridagi Kombinat bozori hududida o‘rnatilgan O‘zsanoatqurilishbankning 24/7 xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ichida stol va stullar saqlanayotgani yuzasidan tarqalgan xabar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Mazkur 24/7 shoxobcha aholi uchun bank xizmatlari va bankomatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yaqinda o‘rnatilgan. Shoxobchani foydalanishga tayyorlash jarayonida olib borilgan montaj, sozlash va texnik ishlar vaqtida foydalanilgan stol va stullar vaqtincha joylashtirilgan bo‘lib, ishlar yakunlangach olib chiqib ketilgan.

Qayd etish joizki, ayni paytda Kombinat bozori hududidagi SQBning 24/7 shoxobchasida 3 ta bankomat faoliyat yuritmoqda. Aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ushbu hududda yana bir 24/7 shoxobcha tashkil etilib, unga qo‘shimcha 3 ta bankomat o‘rnatilmoqda. Mazkur yangi 24/7 shoxobchasini joriy yil 18-iyun kuni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Bank tomonidan mijozlarga qulay va zamonaviy bank xizmatlarini taqdim etish hamda bankomatlar tarmog‘ini kengaytirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.






Другие новости

10.07.2026 20:21:32
SQB Mobile va SQB Business ilovalarida rejalashtirilgan texnik ishlar olib boriladi

Hurmatli mijozlar! O'zsanoatqurilishbankning mobil xizmatlari xavfsizligi va foydalanuvchilar ma’lum ...

10.07.2026 12:37:59
SQB Mobile — odatiy moliyaviy amaliyotlardan yanada ko‘proq manfaat

Hurmatli mijozlar! Endilikda SQB Mobile orqali amalga oshiriladigan kundalik to‘lovlarning yanada k ...

10.07.2026 11:27:42
Bankning ayrim bo‘linmalari faoliyati tugatilishi to‘g‘risida

Hurmatli mijozlar! Xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini optimallashtirish doirasida «O‘zsanoatqurilishbank» ...


Дата последнего обновления: 12.06.2026 08:47  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send