Aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikka jalb qilish departamenti “Mahalla bankiri” lavozimlariga faol, mas’uliyatli va aholi bilan ishlashga qiziqadigan nomzodlarni taklif etadi.
06.04.2026 17:51
Asosiy vazifalar
biriktirilgan mahalla hududidagi aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash;
aholining moliyaviy ehtiyojlarini o‘rganish va mos bank mahsulotlarini taklif etish;
kredit, omonat, bank kartalari va boshqa xizmatlar bo‘yicha maslahat berish;
tadbirkorlik tashabbuslarini aniqlash va ularni moliyalashtirishga ko‘maklashish;
kredit hujjatlarini rasmiylashtirishda mijozlarga amaliy yordam ko‘rsatish;
moliyalashtirilgan loyihalarning amalga oshirilishi va maqsadli ishlatilishini monitoring qilish;
mahalla raisi, hokim yordamchisi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
bajarilgan ishlar va erishilgan natijalar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
oliy ma’lumot;
bank, moliya, iqtisodiyot, savdo yoki mijozlar bilan ishlash sohasida tajriba afzallik hisoblanadi;
bank mahsulotlari va kreditlash jarayonlari bo‘yicha boshlang‘ich bilim;
o‘zbek tilini mukammal bilish;
rus tilini bilish afzallik hisoblanadi;
Microsoft Word va Excel dasturlaridan foydalana olish;
mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va samarali muloqot qilish qobiliyati;
mahallalarda faoliyat olib borishga tayyor bo‘lish.
Biz taklif etamiz
rasmiy va barqaror ish faoliyati;
professional jamoada ishlash;
malaka oshirish va kasbiy rivojlanish;
bank tizimida karyera o‘sishi.
Rezyume yuborish
Rezyumeni
hr@sqb.uz elektron pochta manziliga yuboring.
Xat mavzusida “Aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikka jalb qilish departamenti — Mahalla bankiri” deb ko‘rsating.

112
Другие новости