Bo'sh ish o'rinlari

Axborotlarni muhofaza qilish markazi “Menejer” lavozimiga mas’uliyatli, tashabbuskor va axborot xavfsizligi yo‘nalishida rivojlanishga qiziqadigan nomzodlarni taklif etadi.


20.01.2026 17:50

Asosiy vazifalar

axborot xavfsizligi jarayonlarini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha vazifalarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
axborot xavfsizligi siyosatlari, me’yoriy hujjatlar va ichki tartiblarning bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;
axborot xavfsizligi bo‘yicha hujjatlar, hisobotlar va tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash;
axborot tizimlari va resurslarining himoyalanganlik holatini monitoring qilish;
axborot xavfsizligi bilan bog‘liq jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish;
tarkibiy bo‘linmalar bilan hamkorlikda axborot xavfsizligi talablarini amalga oshirish;
axborot xavfsizligi hodisalari bo‘yicha ma’lumotlarni ko‘rib chiqish va tegishli choralarni tashkil etishda ishtirok etish;
bankning ichki me’yoriy hujjatlari va axborot xavfsizligi standartlariga rioya qilish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar

axborot texnologiyalari, kiberxavfsizlik, kompyuter injiniringi yoki tegishli yo‘nalishda oliy ma’lumot;
axborot xavfsizligi, IT yoki texnologik jarayonlar bo‘yicha ish tajribasi afzallik hisoblanadi;
axborot xavfsizligi tamoyillari, tarmoq texnologiyalari va zamonaviy IT yechimlari bo‘yicha bilim;
Microsoft Word va Excel dasturlarida ishlash ko‘nikmasi;
axborot xavfsizligi standartlari va me’yoriy talablar bo‘yicha umumiy tushunchaga ega bo‘lish;
o‘zbek tilini mukammal bilish;
rus tilini bilish afzallik hisoblanadi;
analitik fikrlash, mas’uliyatlilik va muammolarni hal qilish qobiliyati;
jamoada ishlash va samarali muloqot qilish ko‘nikmasi.

Biz taklif etamiz

rasmiy va barqaror ish faoliyati;
professional IT va axborot xavfsizligi jamoasida ishlash imkoniyati;
zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash va tajriba orttirish imkoniyati;
malaka oshirish va kasbiy rivojlanish;
bank tizimida karyera o‘sishi uchun imkoniyatlar;
mehnat natijalariga asoslangan rag‘batlantirish tizimi.

Rezyume yuborish

Rezyumeni [hr@sqb.uz](mailto:hr@sqb.uz) elektron pochta manziliga yuboring.

Xat mavzusida “Axborotlarni muhofaza qilish markazi — Menejer” deb ko‘rsating.



Другие новости


Дата последнего обновления: 10.07.2026 17:50  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send