Aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikka jalb qilish departamenti “Mahalla bankiri” lavozimiga faol, mas’uliyatli va mijozlar bilan ishlashga qiziqadigan nomzodlarni taklif etadi.
04.06.2026 17:16
Asosiy vazifalar
mahalla hududidagi aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash;
aholining moliyaviy ehtiyojlarini o‘rganish va mos bank mahsulotlarini taklif etish;
kredit, omonat, bank kartalari va boshqa xizmatlar bo‘yicha maslahat berish;
tadbirkorlik tashabbuslarini aniqlash va ularni moliyalashtirishga ko‘maklashish;
kredit hujjatlarini tayyorlashda mijozlarga amaliy yordam ko‘rsatish;
moliyalashtirilgan loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilish;
mahalla raisi, hokim yordamchisi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
oliy ma’lumot;
bank, moliya, savdo yoki mijozlar bilan ishlash tajribasi afzallik hisoblanadi;
bank mahsulotlari va kreditlash jarayonlari haqida boshlang‘ich bilim;
o‘zbek tilini mukammal bilish;
rus tilini bilish afzallik hisoblanadi;
Microsoft Word va Excel dasturlaridan foydalana olish;
mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va samarali muloqot qilish qobiliyati;
mahallalarga chiqib ishlashga tayyor bo‘lish.
Biz taklif etamiz
rasmiy va barqaror ish faoliyati;
professional jamoada ishlash;
malaka oshirish va kasbiy rivojlanish;
bank tizimida karyera o‘sishi.
Rezyume yuborish
Rezyumeni
hr@sqb.uz elektron pochta manziliga yuboring.
Xat mavzusida “Mahalla bankiri” deb ko‘rsating.

75
Другие новости