Bo'sh ish o'rinlari

Axborot texnologiyalari departamenti “Ish yurituvchi” lavozimiga mas’uliyatli, tartibli va hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega nomzodlarni taklif etadi.


11.06.2026 17:44

Asosiy vazifalar

departamentga kelib tushadigan va yuboriladigan hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
hujjatlar aylanishini tashkil etish va ularning ijrosini nazorat qilish;
xizmat xatlari, ma’lumotnomalar va boshqa rasmiy hujjatlarni tayyorlash;
IT loyihalari va texnik topshiriqlarga oid hujjatlarni tartibga solish;
yig‘ilishlar bayonnomalarini rasmiylashtirish va saqlash;
rahbariyat topshiriqlarini ijrochilarga yetkazish hamda bajarilishini kuzatish;
hujjatlarni elektron bazaga joylashtirish va arxivga topshirish;
bankning tarkibiy bo‘linmalari bilan hujjatlar almashinuvini muvofiqlashtirish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar

oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot;
ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha bilim;
Microsoft Word, Excel va elektron hujjat aylanishi tizimlaridan foydalana olish;
o‘zbek tilida savodli yozish va rasmiy hujjatlarni tayyorlash ko‘nikmasi;
rus tilini bilish afzallik hisoblanadi;
axborot texnologiyalari bo‘yicha boshlang‘ich tushunchaga ega bo‘lish;
e’tiborlilik, tartiblilik va yuqori mas’uliyat;
topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish va jamoada ishlash qobiliyati.

Biz taklif etamiz

rasmiy va barqaror ish faoliyati;
bankning IT va raqamlashtirish loyihalari bilan ishlash imkoniyati;
professional jamoada tajriba orttirish;
malaka oshirish va kasbiy rivojlanish;
bank tizimida karyera o‘sishi.

Rezyume yuborish

Rezyumeni hr@sqb.uz elektron pochta manziliga yuboring.

Xat mavzusida “Axborot texnologiyalari departamenti — Ish yurituvchi” deb ko‘rsating.



Другие новости


Дата последнего обновления: 10.07.2026 17:44  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send