Bo'sh ish o'rinlari

Korporativ markaz Mijozlarni jalb qilish xizmati “Menejer” lavozimiga tashabbuskor, muloqot qobiliyati yuqori va natijaga yo‘naltirilgan nomzodlarni taklif etadi.


15.06.2026 16:56

Asosiy vazifalar

yangi mijozlarni jalb qilish va bank mijozlar bazasini kengaytirish;
bank mahsulotlari va xizmatlarini faol targ‘ib qilish;
mijozlarning moliyaviy ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos yechimlarni taklif etish;
korporativ va chakana mijozlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish;
mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish;
jalb qilingan mijozlar va amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;
marketing va boshqa tarkibiy bo‘linmalar bilan hamkorlik qilish;
bankning ichki me’yoriy hujjatlari va xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya qilish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar

iqtisodiyot, moliya, bank ishi yoki biznes boshqaruvi yo‘nalishida oliy ma’lumot;
bank, savdo yoki mijozlar bilan ishlash sohasida ish tajribasi afzallik hisoblanadi;
bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha bilim;
Microsoft Word, Excel va PowerPoint dasturlarida ishlash ko‘nikmasi;
o‘zbek tilini mukammal bilish;
rus tilini bilish afzallik hisoblanadi;
muzokara olib borish, muloqot qilish va ishontirish qobiliyati;
mas’uliyatlilik va natijaga yo‘naltirilganlik.

Biz taklif etamiz

rasmiy va barqaror ish faoliyati;
professional jamoada ishlash;
malaka oshirish va kasbiy rivojlanish;
bank tizimida karyera o‘sishi;
mehnat natijalariga asoslangan rag‘batlantirish tizimi.

Rezyume yuborish

Rezyumeni hr@sqb.uz elektron pochta manziliga yuboring.

Xat mavzusida “Mijozlarni jalb qilish xizmati — Menejer” deb ko‘rsating.



Другие новости


Дата последнего обновления: 10.07.2026 16:57  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send