Bo'sh ish o'rinlari

Marketing departamenti “Menejer” lavozimiga tashabbuskor, kreativ va natijaga yo‘naltirilgan nomzodlarni taklif etadi.


08.06.2026 16:29

Asosiy vazifalar

bank mahsulotlari va xizmatlarini ilgari surish bo‘yicha marketing kampaniyalarini tashkil etish;
reklama va kommunikatsiya materiallarini tayyorlash jarayonlarini muvofiqlashtirish;
bozor, raqobatchilar va mijozlar ehtiyojlarini tahlil qilish;
veb-sayt, mobil ilova va ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent rejalarini ishlab chiqish;
reklama agentliklari, dizaynerlar va boshqa hamkorlar bilan ishlash;
marketing kampaniyalari samaradorligini monitoring qilish;
yangi bank mahsulotlarini bozorga chiqarishda ishtirok etish;
hisobotlar va taqdimotlar tayyorlash.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar

marketing, iqtisodiyot, biznes boshqaruvi yoki tegishli yo‘nalishda oliy ma’lumot;
marketing, reklama, PR yoki raqamli kommunikatsiyalar sohasida ish tajribasi;
raqamli marketing va ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha bilim;
Microsoft Excel, Word va PowerPoint dasturlaridan foydalana olish;
o‘zbek va rus tillarini bilish;
ingliz tilini bilish afzallik hisoblanadi;
kreativ fikrlash, mas’uliyatlilik va jamoada ishlash qobiliyati.

Biz taklif etamiz

rasmiy va barqaror ish faoliyati;
bankning marketing loyihalarida ishtirok etish;
professional va kreativ jamoada ishlash;
kasbiy rivojlanish va karyera o‘sishi;
mehnat natijalariga asoslangan rag‘batlantirish tizimi.

Rezyume yuborish

Rezyumeni hr@sqb.uz elektron pochta manziliga yuboring.

Xat mavzusida “Marketing departamenti — Menejer” deb ko‘rsating.



Другие новости


Дата последнего обновления: 10.07.2026 16:31  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send