Qashqadaryo bank xizmatlari ofisi Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi “Universal servis menejer” lavozimiga mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga intiladigan, mas’uliyatli va muloqot qobiliyatiga ega nomzodlarni taklif eta
04.06.2026 17:42
Asosiy vazifalar
mijozlarga bank xizmatlari bo‘yicha sifatli servis ko‘rsatish va maslahat berish;
mijozlarning murojaatlarini qabul qilish, ko‘rib chiqish va tezkor yechimlar taqdim etish;
bank mahsulotlari va xizmatlari (bank kartalari, omonatlar, hisob-raqamlar va boshqa xizmatlar) bo‘yicha ma’lumot berish;
mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos bank mahsulotlarini taklif etish;
xizmat ko‘rsatish jarayonlarini belgilangan standartlar asosida amalga oshirish;
mijozlar tajribasini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish;
xizmat ko‘rsatish jarayonlari bo‘yicha hujjatlar va hisobotlarni yuritish;
bankning ichki me’yoriy hujjatlari va xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya qilish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
oliy ma’lumot (iqtisodiyot, moliya, bank ishi yoki tegishli yo‘nalishlarda);
bank tizimida yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida ish tajribasi afzallik hisoblanadi;
bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha boshlang‘ich bilim;
Microsoft Word va Excel dasturlarida ishlash ko‘nikmasi;
o‘zbek tilini mukammal bilish;
rus tilini bilish afzallik hisoblanadi;
mijozlar bilan samarali muloqot qilish qobiliyati;
mas’uliyatlilik, xushmuomalalik va xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan yondashuv;
tashabbuskorlik va jamoada ishlash ko‘nikmasi.
Biz taklif etamiz
rasmiy va barqaror ish faoliyati;
professional jamoada ishlash;
bank tizimida tajriba orttirish va rivojlanish imkoniyati;
malaka oshirish va kasbiy rivojlanish;
bank tizimida karyera o‘sishi uchun imkoniyatlar;
mehnat natijalariga asoslangan rag‘batlantirish tizimi.
Rezyume yuborish
Rezyumeni [
hr@sqb.uz](mailto:
hr@sqb.uz) elektron pochta manziliga yuboring.
Xat mavzusida “Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi — Universal servis menejer” deb ko‘rsating.

86
Другие новости