Bo'sh ish o'rinlari

Sergeli bank xizmatlari markazi Biznes menejerlar guruhi “Kichik biznes menejer” lavozimiga tashabbuskor, mas’uliyatli va biznes mijozlari bilan ishlashga qiziqadigan nomzodlarni taklif etadi.


12.06.2026 17:11

Asosiy vazifalar

kichik biznes subyektlariga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maslahat berish;
yangi biznes mijozlarini jalb qilish va mavjud mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish;
kredit, hisob-kitob, omonat va boshqa bank mahsulotlarini rasmiylashtirishda ishtirok etish;
mijozlarning moliyaviy ehtiyojlarini tahlil qilish va ularga mos bank yechimlarini taklif etish;
biznes mijozlari portfelini yuritish va rivojlantirish;
kredit hujjatlarini tayyorlash hamda ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;
bankning ichki me’yoriy hujjatlari va xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya qilish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar

iqtisodiyot, moliya, bank ishi yoki biznes boshqaruvi yo‘nalishida oliy ma’lumot;
bank tizimi yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida ish tajribasi afzallik hisoblanadi;
bank mahsulotlari va kreditlash jarayonlari bo‘yicha boshlang‘ich bilim;
Microsoft Word va Excel dasturlarida ishlash ko‘nikmasi;
o‘zbek tilini mukammal bilish;
rus tilini bilish afzallik hisoblanadi;
muloqot qobiliyati, mas’uliyatlilik va natijaga yo‘naltirilganlik.

Biz taklif etamiz

rasmiy va barqaror ish faoliyati;
professional jamoada ishlash;
malaka oshirish va kasbiy rivojlanish;
bank tizimida karyera o‘sishi;
mehnat natijalariga asoslangan rag‘batlantirish tizimi.

Rezyume yuborish

Rezyumeni hr@sqb.uz elektron pochta manziliga yuboring.

Xat mavzusida “Biznes menejerlar guruhi — Kichik biznes menejer” deb ko‘rsating.



Другие новости


Дата последнего обновления: 10.07.2026 17:11  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send