Sergeli bank xizmatlari markazi Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi “Kichik servis menejer” lavozimiga mas’uliyatli, mijozlarga yo‘naltirilgan va bank xizmatlari sohasiga qiziqadigan nomzodlarni taklif etadi.
12.06.2026 17:10
Asosiy vazifalar
jismoniy va yuridik shaxslarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha sifatli xizmat ko‘rsatish;
bank kartalari, omonatlar, kreditlar, hisobvaraqlar va boshqa bank mahsulotlarini rasmiylashtirish;
mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maslahat berish;
operatsion hujjatlarni amaldagi tartibda rasmiylashtirish va yuritish;
mijozlar murojaatlarini qabul qilish hamda tezkor ko‘rib chiqish;
xizmat ko‘rsatish sifati va ichki standartlarga rioya etilishini ta’minlash;
amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;
bankning ichki me’yoriy hujjatlari va axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
iqtisodiyot, moliya, bank ishi yoki tegishli yo‘nalishda oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot;
bank tizimi yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida ish tajribasi afzallik hisoblanadi;
bank mahsulotlari va operatsion jarayonlar bo‘yicha boshlang‘ich bilim;
Microsoft Word va Excel dasturlarida ishlash ko‘nikmasi;
o‘zbek tilini mukammal bilish;
rus tilini bilish afzallik hisoblanadi;
muloqot qobiliyati, mas’uliyatlilik va mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv.
Biz taklif etamiz
rasmiy va barqaror ish faoliyati;
professional jamoada ishlash;
malaka oshirish va kasbiy rivojlanish;
bank tizimida karyera o‘sishi;
mehnat natijalariga asoslangan rag‘batlantirish tizimi.
Rezyume yuborish
Rezyumeni
hr@sqb.uz elektron pochta manziliga yuboring.
Xat mavzusida “Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi — Kichik servis menejer” deb ko‘rsating.

66
Другие новости