Bo'sh ish o'rinlari

Sergeli bank xizmatlari markazi Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi “Servis menejer” lavozimiga mas’uliyatli, mijozlarga yo‘naltirilgan va bank xizmatlari sohasida tajribaga ega nomzodlarni taklif etadi.


12.06.2026 17:11

Asosiy vazifalar

jismoniy va yuridik shaxslarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha sifatli xizmat ko‘rsatish;
bank kartalari, omonatlar, kreditlar, hisobvaraqlar va boshqa bank mahsulotlarini rasmiylashtirish;
mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha professional maslahat berish;
yangi mijozlarni jalb qilish va mavjud mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish;
operatsion hujjatlarni amaldagi tartibda rasmiylashtirish va yuritish;
mijozlar murojaatlarini tezkor va sifatli ko‘rib chiqish;
amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;
bankning ichki me’yoriy hujjatlari va axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar

iqtisodiyot, moliya, bank ishi yoki tegishli yo‘nalishda oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot;
bank tizimi yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida ish tajribasi;
bank mahsulotlari va operatsion jarayonlar bo‘yicha bilim;
Microsoft Word va Excel dasturlarida ishlash ko‘nikmasi;
o‘zbek tilini mukammal bilish;
rus tilini bilish afzallik hisoblanadi;
muloqot qobiliyati, mas’uliyatlilik va mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv.

Biz taklif etamiz

rasmiy va barqaror ish faoliyati;
professional jamoada ishlash;
malaka oshirish va kasbiy rivojlanish;
bank tizimida karyera o‘sishi;
mehnat natijalariga asoslangan rag‘batlantirish tizimi.

Rezyume yuborish

Rezyumeni hr@sqb.uz elektron pochta manziliga yuboring.

Xat mavzusida “Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi — Servis menejer” deb ko‘rsating.



Другие новости


Дата последнего обновления: 10.07.2026 17:12  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send