Bo'sh ish o'rinlari

Xodimlar va tashkiliy rivojlantirish departamenti “Ish yurituvchi” lavozimiga mas’uliyatli, tartibli va hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega nomzodlarni taklif etadi.


15.06.2026 17:43

Asosiy vazifalar

departamentga kelib tushadigan va yuboriladigan hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
hujjatlar aylanishini tashkil etish va ularning ijrosini nazorat qilish;
xizmat xatlari, buyruqlar, ma’lumotnomalar va boshqa rasmiy hujjatlarni tayyorlash;
xodimlarga oid hujjatlarni tartibga solish, saqlash va arxivga topshirish;
yig‘ilishlar bayonnomalarini rasmiylashtirish;
rahbariyat topshiriqlarini ijrochilarga yetkazish va bajarilishini kuzatish;
elektron hujjat aylanishi tizimiga ma’lumotlarni kiritish;
bankning tarkibiy bo‘linmalari bilan hujjatlar almashinuvini muvofiqlashtirish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar

oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot;
ish yuritish va kadrlar hujjatlari bilan ishlash bo‘yicha bilim;
Microsoft Word, Excel va elektron hujjat aylanishi tizimlaridan foydalana olish;
o‘zbek tilida savodli yozish va rasmiy hujjatlarni tayyorlash ko‘nikmasi;
rus tilini bilish afzallik hisoblanadi;
hujjatlarni tizimlashtirish va belgilangan muddatlarda bajarish qobiliyati;
e’tiborlilik, tartiblilik va yuqori mas’uliyat;
maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash qoidalariga rioya qilish.

Biz taklif etamiz

rasmiy va barqaror ish faoliyati;
professional jamoada ishlash;
zamonaviy HR jarayonlarida tajriba orttirish;
malaka oshirish va kasbiy rivojlanish;
bank tizimida karyera o‘sishi.

Rezyume yuborish

Rezyumeni hr@sqb.uz elektron pochta manziliga yuboring.

Xat mavzusida “Xodimlar va tashkiliy rivojlantirish departamenti — Ish yurituvchi” deb ko‘rsating.



Другие новости


Дата последнего обновления: 10.07.2026 17:43  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send