Garov Markazi baholash xizmati bosh menejer
25.06.2026 14:58
Vazifalar:
-Bankning kredit operatsiyalari bo‘yicha ta’minot sifatida qabul qilinadigan mol-mulkni tahlil qilish va baholash
-Ko‘char va ko‘chmas mulkning bozor hamda garov qiymatini aniqlash
-Mustaqil baholovchi tashkilotlar hisobotlarini ko‘rib chiqish va tahlil qilish
-Garov hujjatlarining to‘liqligi va to‘g‘riligini tekshirish
-Garov ta’minoti bo‘yicha xulosalar tayyorlash
-Bankning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiq garov mulkini monitoring qilish va qayta baholash
-Mustaqil baholash kompaniyalari hamda Bankning tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish
-Garov mulkini baholash metodologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish jarayonlarida ishtirok etish
-Qabul qilinayotgan ta’minotning likvidligi va u bilan bog‘liq risklarni tahlil qilish
-Yo‘nalish bo‘yicha tahliliy, oylik, choraklik va yillik hisobotlarni tayyorlash
-Elektron hujjat aylanish tizimlari va Bankning ichki platformalari bilan ishlash
-O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Bankning ichki normativ hujjatlari va bank faoliyati standartlari talablariga rioya qilish
Talablar:
-Iqtisodiyot, moliya, bank ishi, baholash faoliyati, qurilish yoki muhandislik yo‘nalishlarida oliy ma’lumot
-Baholovchi malaka sertifikatiga ega bo‘lish
-Bank tizimida, baholash kompaniyasida yoki garov ta’minoti yo‘nalishida kamida 3 yillik ish tajribasi
-O‘zbekiston Respublikasining baholash faoliyati bo‘yicha qonunchiligini bilish
-Ko‘chmas mulk, uskunalar, transport vositalari va boshqa aktivlarni baholash tajribasi
-Moliyaviy va texnik hujjatlarni tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish
-MS Office dasturlarini (Excel, Word, PowerPoint) yaxshi bilish
-Yuqori mas’uliyat, analitik fikrlash va tafsilotlarga e’tibor
Afzallik sifatida baholanadi:
-Tijorat bankida ish tajribasi
-Turli aktivlarni baholash metodologiyalarini bilish
-Mustaqil baholovchi tashkilotlar bilan ishlash tajribasi
-Kreditlash jarayonlari va garov ta’minoti bilan ishlash bo‘yicha bilimlar
Biz taklif qilamiz:
-O‘zbekiston Respublikasining eng yirik banklaridan birida ishlash imkoniyati
-Yirik korporativ mijozlarni moliyalashtirish bo‘yicha loyihalarda ishtirok etish
-Professional va martaba o‘sishi uchun keng imkoniyatlar
-Raqobatbardosh ish haqi
-O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish
-Zamonaviy ofis va qulay mehnat sharoitlari
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

32
Другие новости