Bo'sh ish o'rinlari

SQB Marketing departamenti Bank tarmog‘ini ochish va relokatsiya qilish bo‘yicha takliflar kiritish xizmati yetakchi menejeri lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.


25.06.2026 17:25

Biz bank tarmog‘ini rivojlantirish, istiqbolli hududlarni tahlil qilish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yangi formatlarini joriy etish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan, strategik va analitik fikrlovchi mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• Filiallar, bank ofislari va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini ochish, ko‘chirish, optimallashtirish yoki yopish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish va takliflar tayyorlash.
• Bankning yangi bo‘linmalarini joylashtirish uchun istiqbolli lokatsiyalarni tahlil qilish.
• Hududlarning bozor salohiyati, raqobat muhiti, mijozlar ehtiyojlari va hududiy xususiyatlarini o‘rganish.
• Bank Boshqaruvi uchun tahliliy va asoslantiruvchi materiallar tayyorlash.
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yangi formatlari va zamonaviy bank tarmog‘i texnologiyalarini joriy etish loyihalarida ishtirok etish.
• Bankning barcha bo‘linmalari bo‘yicha yagona reyestrni yuritish va manfaatdor bo‘linmalarga ma’lumot taqdim etish.
• Bank bo‘linmalarining ochilishi, ko‘chirilishi yoki yopilishi bo‘yicha mijozlarni xabardor qilish masalalarida matbuot xizmati bilan hamkorlik qilish.

Talablar:
• Iqtisodiyot, moliya, marketing, menejment, biznes tahlili yoki axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida oliy ma’lumot.
• Bank tizimida kamida 2 yillik ish tajribasi.
• Marketing, hududiy rivojlanish, biznes tahlili yoki filial tarmog‘ini boshqarish yo‘nalishida kamida 3 yillik ish tajribasi.
• Marketing tadqiqotlari va bozor tahlili tamoyillarini bilish.
• Rahbariyat uchun tahliliy materiallar va taqdimotlar tayyorlash ko‘nikmalari.
• O‘zbekiston Respublikasi bank faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy bazani bilish.
• Respublika hududlari bo‘ylab muntazam xizmat safarlariga tayyor bo‘lish.
• Analitik fikrlash va ma’lumotlar asosida qaror qabul qilish qobiliyati.

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



Другие новости

25.06.2026 15:00:22
Garov markazi Garov monitoringi xizmati katta menejeri

Vazifalar: -Bank kreditlari bo‘yicha ta’minot sifatida qabul qilingan garov mulklarini monitoring qilish ...

25.06.2026 14:59:27
Garov Markazi baholash xizmati bosh menejer

Vazifalar: -Bankning kredit operatsiyalari bo‘yicha ta’minot sifatida qabul qilinadigan mol-mulkni tahlil q ...

25.06.2026 12:25:57
Garov markazi baholash xizmati katta menejer

Lavozim majburiyatlari: -Bankning kredit operatsiyalari bo‘yicha ta’minot sifatida qabul qilinadigan mol-mu ...


Дата последнего обновления: 25.06.2026 17:26  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send