Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati rahbari
31.07.2026 16:39 “O‘zsanoatqurilishbank” ATB jamoasiga korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini rivojlantirish, komplayens nazoratini takomillashtirish hamda Bank faoliyatining milliy va xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlaydigan Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati rahbarini taklif etadi.
Vazifalari:
- Bankning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va komplayens tizimini ishlab chiqish hamda takomillashtirish.
- Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha choralarni tashkil etish.
- Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish va oldini olish tizimini yuritish.
- Bank faoliyatining amaldagi qonunchilik, ichki me’yoriy hujjatlar va ISO 37001 xalqaro standarti talablariga muvofiqligini ta’minlash.
- Ichki xizmat tekshiruvlari va monitoringlarni tashkil etish.
- Kuzatuv kengashi hamda vakolatli davlat organlari uchun hisobotlarni tayyorlash.
- Xodimlar orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish, trening va targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.
- Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
- Xizmat faoliyatini samarali boshqarish va xodimlar ishini muvofiqlashtirish.
Talablar:
- Yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, audit, menejment, axborot texnologiyalari yoki boshqa tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumot.
- Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 4 yillik ish tajribasi.
- Komplayens yoki korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi ish tajribasi ustunlik hisoblanadi.
- Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida maxsus o‘quv kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat.
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, komplayens tizimi va korporativ boshqaruv tamoyillarini yaxshi bilish.
- Korrupsiyaviy xavflarni baholash, ichki nazorat va xizmat tekshiruvlarini tashkil etish bo‘yicha amaliy tajriba.
- Tahliliy fikrlash, rahbarlik ko‘nikmalari, yuqori mas’uliyat va halollik.
Biz taklif qilamiz:
- Respublikadagi yetakchi banklardan birida ishlash imkoniyati.
- Raqobatbardosh ish haqi va ijtimoiy kafolatlar.
- Professional rivojlanish va malaka oshirish imkoniyatlari.
- Zamonaviy korporativ muhit va strategik ahamiyatga ega loyihalarda ishtirok etish.
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish.

21
Другие новости