Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati rahbari


31.07.2026 16:39

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB jamoasiga korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini rivojlantirish, komplayens nazoratini takomillashtirish hamda Bank faoliyatining milliy va xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlaydigan Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati rahbarini taklif etadi.

Vazifalari:

  • Bankning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va komplayens tizimini ishlab chiqish hamda takomillashtirish.
  • Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha choralarni tashkil etish.
  • Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish va oldini olish tizimini yuritish.
  • Bank faoliyatining amaldagi qonunchilik, ichki me’yoriy hujjatlar va ISO 37001 xalqaro standarti talablariga muvofiqligini ta’minlash.
  • Ichki xizmat tekshiruvlari va monitoringlarni tashkil etish.
  • Kuzatuv kengashi hamda vakolatli davlat organlari uchun hisobotlarni tayyorlash.
  • Xodimlar orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish, trening va targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.
  • Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
  • Xizmat faoliyatini samarali boshqarish va xodimlar ishini muvofiqlashtirish.

Talablar:

  • Yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, audit, menejment, axborot texnologiyalari yoki boshqa tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumot.
  • Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 4 yillik ish tajribasi.
  • Komplayens yoki korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi ish tajribasi ustunlik hisoblanadi.
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida maxsus o‘quv kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat.
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, komplayens tizimi va korporativ boshqaruv tamoyillarini yaxshi bilish.
  • Korrupsiyaviy xavflarni baholash, ichki nazorat va xizmat tekshiruvlarini tashkil etish bo‘yicha amaliy tajriba.
  • Tahliliy fikrlash, rahbarlik ko‘nikmalari, yuqori mas’uliyat va halollik.

Biz taklif qilamiz:

  • Respublikadagi yetakchi banklardan birida ishlash imkoniyati.
  • Raqobatbardosh ish haqi va ijtimoiy kafolatlar.
  • Professional rivojlanish va malaka oshirish imkoniyatlari.
  • Zamonaviy korporativ muhit va strategik ahamiyatga ega loyihalarda ishtirok etish.
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish.




Boshqa yangiliklar

07/31/2026 02:59:34 pm
SQB Mikro va kichik biznes departamenti ijrochi direktori lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Agar siz bank biznesini rivojlantirish, sotuvlarni boshqarish va hududiy tarmoqlar faoliyatini samarali muvofiqlashtiris ...

07/31/2026 11:26:00 am
Menejer (Xaridlar bo‘yicha komplayens nazorati)

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Komplayens-nazorat departamenti Bank faoliyatida xaridlarni nazorat qilish gu ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 31.07.2026 16:40  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит