Menejer (Xaridlar bo‘yicha komplayens nazorati)


31.07.2026 11:25

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Komplayens-nazorat departamenti Bank faoliyatida xaridlarni nazorat qilish guruhi uchun Menejer lavozimiga malakali mutaxassisni ishga taklif etadi.

Asosiy vazifalar:

  • Bankning xarid jarayonlarida amaldagi qonunchilik va ichki hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish.
  • Xarid ishtirokchilari va kontragentlarni manfaatlar to‘qnashuvi hamda affillanganlik holatlari bo‘yicha tahlil qilish.
  • Davlat xaridlari, tender va boshqa xarid jarayonlari bo‘yicha komplayens xulosalarini tayyorlash.
  • Kontragentlarning huquqiy maqomi, soliq qarzdorligi va boshqa tavakkalchilik omillarini tekshirish.
  • Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va ichki xizmat tekshiruvlarida ishtirok etish.
  • Komplayens nazorati bo‘yicha ichki me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etish.

Talablar:

  • Oliy ma’lumot (huquq, iqtisodiyot, moliya yoki boshqa tegishli yo‘nalishlar).
  • Bank, moliya yoki davlat xaridlari sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi.
  • Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik va komplayens nazorati bo‘yicha bilimlar.
  • Analitik fikrlash, hujjatlar bilan ishlash va xulosa tayyorlash ko‘nikmalari.
  • MS Office dasturlarini yaxshi bilish.

Biz taklif qilamiz:

  • Yirik va barqaror bankda ishlash imkoniyati.
  • Muhim komplayens va nazorat jarayonlarida ishtirok etish.
  • Professional rivojlanish va malaka oshirish imkoniyatlari.
  • Raqobatbardosh ish haqi va ijtimoiy paket.
  • Zamonaviy va professional jamoada faoliyat yuritish.

 





Boshqa yangiliklar

07/31/2026 02:59:34 pm
SQB Mikro va kichik biznes departamenti ijrochi direktori lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Agar siz bank biznesini rivojlantirish, sotuvlarni boshqarish va hududiy tarmoqlar faoliyatini samarali muvofiqlashtiris ...

07/31/2026 11:21:21 am
SQB Axborotlarni muhofaza qilish markazining Ruxsatlarni boshqarish guruhi kichik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Agar siz axborot xavfsizligi sohasida rivojlanishni istasangiz hamda foydalanuvchilar kiri ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 31.07.2026 11:26  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит