Mikro va kichik biznes bo‘yicha anderrayting xizmati menejeri
14.08.2026 18:05 Asosiy vazifalari:
- Bank filiallaridan kelib tushgan mikro va kichik biznes mijozlarining kredit arizalarini ko‘rib chiqish va tahlil qilish;
- Qarz oluvchilarning kreditga layoqatliligini kompleks baholash hamda kredit risklarini tahlil qilish;
- Berilgan vakolatlar doirasida kredit arizalari bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
- Vakolat doirasidan tashqaridagi kredit arizalari bo‘yicha materiallarni Bankning kollegial organlariga ko‘rib chiqish uchun tayyorlash;
- Qabul qilingan qarorlarni rasmiylashtirish hamda ularni bank ofislari va bank xizmatlari markazlariga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlash;
- Ichki me’yoriy hujjatlarni tahlil qilish va kreditlash jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Bankning tarkibiy bo‘linmalaridan kelib tushgan xizmat hujjatlari va murojaatlarni ko‘rib chiqish;
- Bankning ichki reglamentlari, ijro intizomi va korporativ standartlariga rioya qilish.
Talablar:
- Iqtisodiyot, moliya yoki bank ishi yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumot;
- Bank tizimida kamida 1 yillik ish tajribasi;
- Kredit tahlili, qarz oluvchilarning moliyaviy holatini baholash va kredit risklarini boshqarish bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlari hamda Bankning ichki me’yoriy hujjatlarini bilish;
- Analitik fikrlash, tafsilotlarga e’tibor va asoslangan qarorlar qabul qilish qobiliyati;
- Microsoft Office dasturlarini, ayniqsa Excel dasturini yaxshi bilish.
Biz taklif qilamiz:
- O‘zbekistonning yetakchi banklaridan birida ishlash imkoniyati;
- Kasbiy va martaba o‘sishi uchun keng imkoniyatlar;
- Korporativ o‘quv dasturlari va rivojlanish loyihalarida ishtirok etish;
- Raqobatbardosh ish haqi;
- Zamonaviy ofis va professional jamoada ishlash imkoniyati.
Nomzodlar uchun
Agar Siz mazkur lavozim talablariga mos kelsangiz va SQB jamoasining bir qismi bo‘lishni istasangiz, rezyumeingizni hr@sqb.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni so‘raymiz.
Elektron xat mavzusida quyidagini ko‘rsatishingizni so‘raymiz:"Mikro va kichik biznes bo‘yicha anderrayting xizmati menejeri". 
30
Другие новости