Bo'sh ish o'rinlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Xaridlarni tashkil etish va monitoring departamenti Yuridik majburiyatlarni monitoring qilish xizmati menejeri vakant lavozim uchun tanlov e’lon qiladi.


02.09.2026 16:01

 

Asosiy vazifalar:

  • Bank tomonidan tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha shartnomalar va tegishli hujjatlarni tekshirish hamda kelishish;
  • davlat xaridlarining elektron tizimida shartnomalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun tegishli farmoyishlarni rasmiylashtirish;
  • shartnomalar ijrosini ta’minlash jarayonida tovar yetkazib beruvchilar, ish va xizmatlarni bajaruvchi yoki ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish;
  • yetkazib beruvchilar va ijrochilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tegishli mas’ul xodimlarga taqdim etish hamda ular o‘rtasidagi muloqot jarayonini tashkil etish;
  • tovarlarning Bank omboriga o‘z vaqtida va shartnoma shartlariga muvofiq yetkazib berilishini nazorat qilish;
  • yetkazib berilayotgan tovarlarning texnik topshiriq va shartnoma shartlariga muvofiqligini nazorat qilish;
  • shartnoma majburiyatlari o‘z vaqtida yoki umuman bajarilmagan hollarda tegishli choralarni ko‘rish;
  • penya, zakalat va boshqa undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘larni undirish yuzasidan tegishli hujjatlarni tayyorlash;
  • debitor qarzdorlik bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish;
  • shartnomalar reyestrini shakllantirish va yuritish;
  • Bank rahbariyati va tegishli davlat organlariga taqdim etish uchun zarur ma’lumotlarni tayyorlash;
  • xizmat faoliyatiga oid topshiriqlarni belgilangan tartibda va o‘z vaqtida bajarish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • oliy iqtisodiy ma’lumot;
  • bank-moliya yo‘nalishida kamida 2 yillik ish staji;
  • hujjatlar bilan ishlash va ularni tahlil qilish ko‘nikmasi;
  • mas’uliyatlilik va intizomlilik;
  • rivojlangan muloqot qobiliyati;
  • topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish qobiliyati;
  • amaldagi qonunchilik hamda Bankning ichki hujjatlari talablarini bilish va ularga rioya qilish.

 Rezyumelarni 2026-yil 5-sentabrga qadar hr@sqb.uz elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin.

Mavzu: Yuridik majburiyatlarni monitoring qilish xizmati menejeri





Другие новости


Дата последнего обновления: 02.09.2026 16:02  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send