Lavozim: Baholash xizmati menejeri
Tashkilot: “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Garov markazi
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
• Oliy iqtisodiy yoki muhandislik-qurilish ma’lumotiga ega bo‘lish;
• Bank yoki baholash tizimida kamida 2 yil ish stajiga ega bo‘lish;
• Baholash faoliyatiga oid qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni bilish;
• Garovga olinadigan mol-mulkni baholash va tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
• Garov hujjatlari va mustaqil baholovchi tashkilotlarning hisobotlarini tahlil qila olish;
• Hujjatlar bilan ishlash va tegishli xulosalar tayyorlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
• Analitik fikrlash, mas’uliyatlilik va yaxshi muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
• MS Office dasturlaridan foydalana olish.
Asosiy vazifalar:
• Kredit ta’minoti sifatida taqdim etiladigan mol-mulklarning tavsiyaviy bozor qiymatini aniqlash;
• Garovga oid hujjatlar va mustaqil baholovchi hisobotlarini ko‘rib chiqish va tahlil qilish;
• Garovga olinishi ko‘zda tutilgan mol-mulklarning Bank ichki talablariga muvofiqligini o‘rganish;
• Bankning garov mulklarini baholash metodlarini ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etish;
• Kredit ta’minoti sifatida qabul qilingan hamda Bank balansidagi mol-mulklarni o‘rganish, baholash va tegishli xulosalar taqdim etish;
• Mustaqil baholovchi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
• Baholash ishlari bo‘yicha yillik, choraklik, oylik va kunlik hisobotlarni tayyorlash;
• Kelib tushgan buyurtmanomalar va hujjatlarni Bankning ichki qoidalariga muvofiqligi yuzasidan ko‘rib chiqish.
Asosiy vazifalar: • Yangi yuridik mijozlar va YTTlarni jalb qilish, mijozlar bazasini kengaytirish. • Sovuq ...
Biz mijozlarga sifatli kassa xizmatlarini ko‘rsatish, naqd pul operatsiyalarini amalga oshirish va bankning kassa intizo ...
Jismoniy shaxslarga bank mahsulotlari bo‘yicha professional xizmat ko‘rsatish, kredit mahsulotlarini targ‘ib qilish va m ...

