Bo'sh ish o'rinlari

SQB Axborotlarni muhofaza qilish markazi Axborot xavfsizligi hodisalarini boshqarish guruhi Kichik menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


13.07.2026 16:52

Axborot xavfsizligi sohasida rivojlanishni istaydigan, kibertahdidlarni aniqlash va tahlil qilishga qiziqadigan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar: • Axborotni himoya qilish vositalari yordamida hodisalarni monitoring qilish. • Hodisalarni dastlabki tahlil qilish, SIEM, EDR/XDR va boshqa monitoring vositalari bilan ishlash. • Foydalanuvchilar, qurilmalar va xizmatlardagi shubhali harakatlarni tekshirish hamda hodisalarga birlamchi javob berish. • Ma’lumotlarni tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash.

 Talablar: • Oliy yoki tugallanmagan oliy ma’lumot. • Kompyuter tarmoqlari ishlash tamoyillarini bilish (TCP/IP, DNS, HTTP, VPN). • Windows va Linux operatsion tizimlari bo‘yicha bazaviy bilimlar. • Axborot xavfsizligi asoslari va zamonaviy kibertahdidlarni tushunish. • SIEM yechimlaridan biri bo‘yicha bazaviy bilimlarga ega bo‘lish afzallik hisoblanadi. • EDR/XDR ishlash tamoyillarini tushunish afzallik hisoblanadi. • MITRE ATT&CK metodologiyasi asoslarini bilish afzallik hisoblanadi. • PowerShell, Bash yoki Python dasturlash tillarida skript yozish ko‘nikmalari afzallik hisoblanadi. • Jamoada ishlash va samarali muloqot qilish ko‘nikmalari. • Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va stressga chidamlilik. • O‘zbek tilini bilish.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 15.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.



Другие новости

13.07.2026 16:34:20
SQB Surxondaryo bank xizmatlari ofisiga universal kassir lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Kassa amaliyotlari va mijozlarga xizmat ko’rsatish sohasida o’zingizni sinab ko’rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kuta ...


Дата последнего обновления: 13.07.2026 16:52  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send