Bo'sh ish o'rinlari

SQB Surxondaryo bank xizmatlari ofisiga universal kassir lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi


13.07.2026 16:34

Kassa amaliyotlari va mijozlarga xizmat ko’rsatish sohasida o’zingizni sinab ko’rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.

Asosiy vazifalar:
• Naqd pul va qimmatliklarni qayta sanash, mijozlar va inkassatorlardan inkassatsiya qoplarini qabul qilish
• Jismoniy va yuridik shaxslarga naqd pul bilan bog’liq kirim va chiqim amaliyotlarini bajarish
• Kirim va chiqim amallari bo’yicha buxgalteriya o’tkazmalarini dasturiy ta’minotdan tasdiqlash
• Infokiosk, bankomat va depozit mashinalariga naqd pul qo’yish va olish
• Valyuta ayirboshlash, komission, kommunal va bir martalik to’lovlarni qabul qilish
• Bank kartalari bilan bog’liq amaliyotlarni bajarish va mijozlarga kartalarni berish
• Amaliyot kuni yakunida kassadagi naqd pul qoldig’ini kunlik hujjatlar bilan solishtirish

Talablar:
• Tugallanmagan oliy ma’lumot
• Ish tajribasi talab etilmaydi
• Stressga chidamlilik, qat’iyatlilik, kommunikativlik
• O’zbek va rus tillarini bilish

Ish joylari: Surxondaryo bank xizmatlari ofisi

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga  yuborishingiz mumkin.



Другие новости


Дата последнего обновления: 13.07.2026 16:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send