Bo'sh ish o'rinlari

SQB Axborotlarni muhofaza qilish markazi Risklarni boshqarish, hujjatlar va davlat organlari bilan ishlash guruhi menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.


30.06.2026 12:22

Biz axborot xavfsizligi sohasida risklarni boshqarish, ichki me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va davlat organlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Potensial tahdidlarni aniqlash, ularning amalga oshish ehtimolini va ehtimoliy zararni baholash. • Axborot xavfsizligi risklarining yagona reyestrini yuritish va yangilash, tahdidlarga ustuvorlik berish hamda ularni kamaytirish bo‘yicha rejalarni ishlab chiqish. • Tahdidlar va huquqbuzar modeli hujjatlarini ishlab chiqish hamda yangilash. • Axborot xavfsizligi siyosati, konsepsiyalar, foydalanish qoidalari va xavfsiz dasturiy ta’minotni ishlab chiqish standartlari kabi ichki me’yoriy hujjatlarni tayyorlash. • Tartibga soluvchi davlat organlari bilan hamkorlik qilish va so‘rovlarga javoblar tayyorlash. • Davlat inspeksiyalari va tashqi axborot xavfsizligi auditlari davomida jamoa ishini muvofiqlashtirish. • Ma’lumotlarni tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash. • Loyihalarni rejalashtirish, muddatlar va bajarilish sifatini nazorat qilish.

 Talablar:
• Oliy ma’lumot. • Kamida 3 yillik ish tajribasi. • Axborot va kiberxavfsizlik bo‘yicha me’yoriy hujjatlar talablarini bilish. • Ichki siyosatlar, reglamentlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish ko‘nikmasi. • Jamoada ishlash va samarali muloqot qilish qobiliyati. • Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va stressga chidamlilik.
• O‘zbek tilini erkin bilish.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 29.06ga qadar yuborishingiz mumkin.



Другие новости

02.07.2026 16:29:18
SQB Koson BXM Kichik mijoz menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz chakana kreditlash, bank mahsulotlarini sotish va mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tajribaga ega ...

02.07.2026 11:49:09
SQB Bank Xalqaro moliyaviy hisobotlar va konsalting departamenti direktor o‘rinbosari lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (MHXS/IFRS), moliyaviy tahlil va konsalting yo‘nalishida katta tajribaga ega, ...

01.07.2026 15:50:06
SQB Shahriston bank xizmatlari markazi Universal servis menejeri lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz mijozlarga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish, bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maslahat berish hamda oper ...


Дата последнего обновления: 30.06.2026 12:23  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send