Bo'sh ish o'rinlari

SQB Axborotlarni muhofaza qilish markazining Axborot xavfsizligi hodisalarini boshqarish guruhi menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


03.08.2026 14:45

Biz axborot xavfsizligi sohasida rivojlanishni istaydigan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Axborotlarni himoya qilish vositalari yordamida hodisalarni 24/7 rejimida monitoring qilish.
• Hodisalarni dastlabki tahlil qilish, SIEM, EDR/XDR va boshqa monitoring vositalari bilan ishlash.
• Foydalanuvchilar, qurilmalar va xizmatlardagi shubhali harakatlarni aniqlash va tekshirish.
• Soxta ijobiy holatlarni (False Positives) filtrlash hamda haqiqiy tahdidlarga ustuvorlik berish.
• Axborot xavfsizligi hodisalariga birlamchi javob berish (xostlarni izolyatsiya qilish, ko‘rsatmalarga muvofiq hisob qaydnomalarini bloklash).
• Hodisalarni Itech/Jira tiket tizimida ro‘yxatga olish, hujjatlashtirish va kuzatib borish.
• Hodisalarni tekshirish hamda zaifliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etish.
• Ma’lumotlarni tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash.

 Talablar:
• Oliy yoki tugallanmagan oliy ma’lumot.
• Kompyuter tarmoqlari (TCP/IP, DNS, HTTP, VPN) ishlash tamoyillarini tushunish.
• Windows va Linux operatsion tizimlari bo‘yicha asosiy bilimlar.
• Axborot xavfsizligi asoslari va zamonaviy kibertahdidlarni tushunish.
• SIEM yechimlaridan biri bo‘yicha boshlang‘ich bilimlar afzallik hisoblanadi.
• EDR/XDR ishlash tamoyillarini bilish afzallik beradi.
• MITRE ATT&CK asoslarini bilish ustunlik hisoblanadi.
• PowerShell, Bash yoki Python’da skript yozish bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalar afzallik beradi.
• Jamoada ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalari.
• Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va stressga chidamlilik.
• O‘zbek tilini bilish.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 5.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.



Другие новости


Дата последнего обновления: 03.08.2026 14:46  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send