Bo'sh ish o'rinlari

SQB Axborotlarni muhofaza qilish markazining Axborotlarni texnik himoya qilish xizmati Tarmoq xavfsizligi guruhi katta menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


03.08.2026 15:12

Biz axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• NGFW, IDS/IPS, WAF va VPN shlyuzlarini tanlash, sinovdan o‘tkazish hamda joriy etish.
• Infratuzilmani alohida zonalarga ajratish.
• Trafikni filtrlash va kirish ro‘yxati (ACL) qoidalarini sozlash.
• Axborotni himoya qilish vositalariga xavfsizlik patchlarini o‘rnatish.
• Tarmoqni axborot xavfsizligi bo‘yicha regulyatorlar va standartlar talablariga muvofiqlashtirish.
• Marshrutizatorlar, kommutatorlar va tarmoqlararo ekranlar konfiguratsiyalarini muntazam tekshirish.
• Tarmoq sxemalari, kirish reglamentlari va tarmoq matritsalarini yangilash.
• Ma’lumotlarni tahlil qilish va hisobot tayyorlash.
• Loyihalarni rejalashtirish, muddatlar va sifatni nazorat qilish.


 Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• Kamida 2 yillik ish tajribasi.
• Axborot xavfsizligi vositalarini boshqarish bo‘yicha tajriba.
• Jamoada ishlash va samarali muloqot qilish ko‘nikmalari.
• Mas’uliyat, tashabbuskorlik va stressga chidamlilik.
• O‘zbek tilini bilish.


 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 15.08.2026 yuborishingiz mumkin.



Другие новости

25.08.2026 17:10:04
SQB Olmazor bank xizmatlari markaziga kichik biznes menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Kichik va o‘rta biznes mijozlari bilan ishlash, bank mahsulotlarini ilgari surish hamda kreditlash jarayonlarida ishtiro ...

25.08.2026 16:44:26
Korporativ biznes subyektlari loyihalarini tahlil qilish xizmati yetakchi menejeri

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Investitsion loyihalarni moliyalashtirish departamenti Korporativ biznes subyektlar ...


Дата последнего обновления: 04.08.2026 11:23  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send