SQB Axborotlarni muhofaza qilish markazining Axborotlarni texnik himoya qilish xizmati Tarmoq xavfsizligi guruhi katta menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


03.08.2026 15:12

Biz axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• NGFW, IDS/IPS, WAF va VPN shlyuzlarini tanlash, sinovdan o‘tkazish hamda joriy etish.
• Infratuzilmani alohida zonalarga ajratish.
• Trafikni filtrlash va kirish ro‘yxati (ACL) qoidalarini sozlash.
• Axborotni himoya qilish vositalariga xavfsizlik patchlarini o‘rnatish.
• Tarmoqni axborot xavfsizligi bo‘yicha regulyatorlar va standartlar talablariga muvofiqlashtirish.
• Marshrutizatorlar, kommutatorlar va tarmoqlararo ekranlar konfiguratsiyalarini muntazam tekshirish.
• Tarmoq sxemalari, kirish reglamentlari va tarmoq matritsalarini yangilash.
• Ma’lumotlarni tahlil qilish va hisobot tayyorlash.
• Loyihalarni rejalashtirish, muddatlar va sifatni nazorat qilish.


 Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• Kamida 2 yillik ish tajribasi.
• Axborot xavfsizligi vositalarini boshqarish bo‘yicha tajriba.
• Jamoada ishlash va samarali muloqot qilish ko‘nikmalari.
• Mas’uliyat, tashabbuskorlik va stressga chidamlilik.
• O‘zbek tilini bilish.


 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 15.08.2026 yuborishingiz mumkin.



Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:04:12 pm
SQB sotuv menejeri lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Ish joyi: Toshkent viloyati, bank xizmatlari ofisi. Asosiy vazifalar: ...

10/23/2026 03:47:12 pm
SQB Farg‘ona bank xizmatlari ofisi va Kirguli bank xizmatlari markazi katta biznes menejeri CPO lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: • Yangi mijozlarni jalb qilish va mavjud mijozlar bilan ishlash. • Mikro va kichik biznes ...

10/23/2026 03:43:58 pm
SQB Farovon BXM Markaz rahbari (biznes menejer) lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Agar siz strategik boshqaruv, davlat dasturlari ijrosi va jamoani samarali boshqarish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lsangiz, ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 04.08.2026 11:23  
up