Bo'sh ish o'rinlari

SQB Bekobod bank xizmatlari markazi Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi Hamkorlik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


09.09.2026 12:16

Hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish, yangi mijozlar va hamkorlarni jalb qilish, bank mahsulotlari savdosini oshirish hamda jamoani biznes natijalariga yo‘naltirishga qiziqadigan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• Hamkorlik tarmog‘ini shakllantirish, rivojlantirish va samaradorligini oshirish.
• Yangi faol hamkorlar, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni jalb qilishni tashkil etish.
• Bankning oylik reja ko‘rsatkichlari va KPI bajarilishini ta’minlash.
• Komission daromadlarni oshirish va yangi kredit loyihalarini jalb qilish.
• Hamkorlar bazasini shakllantirish, rivojlantirish va muntazam kuzatib borish.
• Bo‘ysunuvchi xodimlar faoliyatini boshqarish, vazifalarni taqsimlash va ularning bajarilishini nazorat qilish.
• Xodimlarning individual savdo rejalari, KPI va faollik ko‘rsatkichlari bajarilishini nazorat qilish.
• Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga Bank mahsulotlari va xizmatlarini targ‘ib qilish hamda sotuvini tashkil etish.
• Mijozlar va hamkorlar savdo voronkasini yuritish, konversiya va savdo natijalarini tahlil qilish.
• Hamkorlar va mijozlar bilan muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazish, Bank mahsulotlari taqdimotlarini tashkil etish.
• CRM tizimida mijozlar va hamkorlar bo‘yicha ma’lumotlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritilishini nazorat qilish.
• Guruh faoliyati bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash, KPI natijalarini tahlil qilish va rahbariyatga takliflar kiritish.

Talablar:
• Oliy, o‘rta maxsus yoki professional ma’lumot.
• Bank sohasi, telekommunikatsiyalar, mijozlar servisi yoki savdo sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi.

Rezyumelarni hr@sqb.uz manziliga 11.09.2026 ga qadar yuborishingiz mumkin.



Другие новости

15.09.2026 12:33:34
QARZDORLIKNI UNDIRISH BO‘YICHA MENEJER

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) o‘z jamoasiga Qarzdorlikni undirish bo‘yicha menejer lavozimiga xodimn ...

15.09.2026 12:16:41
QARZDORLIKNI UNDIRISH BO‘YICHA YETAKCHI OPERATOR / OPERATOR

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Soft Collection guruhiga Qarzdorlikni undirish bo‘yicha Yetakchi oper ...

15.09.2026 11:52:01
INVESTITSIYA BANKING YO‘NALISHI RAHBARI

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Bankda Investment Banking yo‘nalishini shakllantirish va rivojlantirish uchun t ...


Дата последнего обновления: 10.09.2026 17:16  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send