SQB Bekobod bank xizmatlari markazi Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi Hamkorlik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
09.09.2026 12:16
Hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish, yangi mijozlar va hamkorlarni jalb qilish, bank mahsulotlari savdosini oshirish hamda jamoani biznes natijalariga yo‘naltirishga qiziqadigan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Hamkorlik tarmog‘ini shakllantirish, rivojlantirish va samaradorligini oshirish.
• Yangi faol hamkorlar, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni jalb qilishni tashkil etish.
• Bankning oylik reja ko‘rsatkichlari va KPI bajarilishini ta’minlash.
• Komission daromadlarni oshirish va yangi kredit loyihalarini jalb qilish.
• Hamkorlar bazasini shakllantirish, rivojlantirish va muntazam kuzatib borish.
• Bo‘ysunuvchi xodimlar faoliyatini boshqarish, vazifalarni taqsimlash va ularning bajarilishini nazorat qilish.
• Xodimlarning individual savdo rejalari, KPI va faollik ko‘rsatkichlari bajarilishini nazorat qilish.
• Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga Bank mahsulotlari va xizmatlarini targ‘ib qilish hamda sotuvini tashkil etish.
• Mijozlar va hamkorlar savdo voronkasini yuritish, konversiya va savdo natijalarini tahlil qilish.
• Hamkorlar va mijozlar bilan muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazish, Bank mahsulotlari taqdimotlarini tashkil etish.
• CRM tizimida mijozlar va hamkorlar bo‘yicha ma’lumotlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritilishini nazorat qilish.
• Guruh faoliyati bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash, KPI natijalarini tahlil qilish va rahbariyatga takliflar kiritish.
Talablar:
• Oliy, o‘rta maxsus yoki professional ma’lumot.
• Bank sohasi, telekommunikatsiyalar, mijozlar servisi yoki savdo sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi.
Rezyumelarni
hr@sqb.uz manziliga 11.09.2026 ga qadar yuborishingiz mumkin.

64