Bo'sh ish o'rinlari

SQB "Qirguli" BXM boshqaruvchisi lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


09.09.2026 10:42

Bank xizmatlari markazi faoliyatini samarali boshqarish, biznes ko‘rsatkichlarini rivojlantirish, mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va jamoani natijaga yo‘naltirishga qiziqadigan tajribali mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Bank Boshqaruvi Raisi tomonidan berilgan ishonchnoma asosida o‘ziga berilgan huquq va vakolatlar doirasida BXM faoliyatiga rahbarlik qilish.
• BXMda mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari, bank xizmatlari parametrlari, biznes jarayonlari, normativ-huquqiy hujjatlar hamda Bankning ichki me’yoriy va uslubiy hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash.
• Bank Boshqaruvi tomonidan berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash.
• BXMning tasdiqlangan biznes-reja ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash, daromadlilik va samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish.
• Bankning rivojlanish strategiyasida belgilangan vazifalarni BXM faoliyatida amalga oshirish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish.
• Davlat organlari, hokimliklar, boshqa tashkilotlar va mijozlar bilan munosabatlarda Bank va BXM manfaatlarini ifodalash.
• BXM faoliyatining uzluksiz va samarali tashkil etilishini ta’minlash hamda o‘z vakolatlari doirasida xo‘jalik masalalarini hal etish.
• BXM va uni qo‘llab-quvvatlovchi Bosh Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan samarali hamkorlikni tashkil etish.
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish va biznes jarayonlaridagi muammo hamda kamchiliklarni aniqlash, ularni tezkor bartaraf etish choralarini ko‘rish.
• BXM xodimlari faoliyatini tashkil etish, vazifalarni taqsimlash, ijrosini nazorat qilish va ish samaradorligini baholash.
• BXMning moliyaviy holati, daromadliligi, mijozlar bazasi va asosiy biznes ko‘rsatkichlari uchun mas’ul bo‘lish.
• BXM faoliyati bo‘yicha hisobotlar, tahliliy ma’lumotlar va takliflarni tayyorlash.
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini, BXM faoliyati samaradorligini va biznes natijalarini doimiy ravishda yaxshilash.

 Talablar:
• Oliy ma’lumot, iqtisodiyot, moliya, bank ishi yoki menejment yo‘nalishlarida bo‘lishi maqsadga muvofiq.
• Bank sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi.
• Bank tizimida rahbarlik lavozimida ish tajribasiga ega bo‘lish afzallik beradi.
• Bank mahsulotlari, xizmatlari va asosiy biznes jarayonlarini yaxshi bilish.
• Bank faoliyati va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hamda ichki hujjatlar talablarini bilish.
• Sotuvlar va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni boshqarish bo‘yicha amaliy tajriba.
• Moliyaviy va biznes ko‘rsatkichlarini boshqarish va tahlil qilish ko‘nikmasi.
• Rejalashtirish, vazifalarni belgilash va ularning ijrosini nazorat qilish ko‘nikmalari.
• Xodimlar va jamoani boshqarish ko‘nikmalari.
• Muzokaralar olib borish, samarali muloqot qilish va nizoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalari.
• MS Office va Excel dasturlarini yaxshi bilish.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.

 Rezyumelarni hr@sqb.uz manziliga 11.09.2026 ga qadar yuborishingiz mumkin.



Другие новости


Дата последнего обновления: 09.09.2026 11:29  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send