SQB "Qirguli" BXM boshqaruvchisi lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
09.09.2026 10:42
Bank xizmatlari markazi faoliyatini samarali boshqarish, biznes ko‘rsatkichlarini rivojlantirish, mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va jamoani natijaga yo‘naltirishga qiziqadigan tajribali mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar: • Bank Boshqaruvi Raisi tomonidan berilgan ishonchnoma asosida o‘ziga berilgan huquq va vakolatlar doirasida BXM faoliyatiga rahbarlik qilish. • BXMda mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari, bank xizmatlari parametrlari, biznes jarayonlari, normativ-huquqiy hujjatlar hamda Bankning ichki me’yoriy va uslubiy hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash. • Bank Boshqaruvi tomonidan berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash. • BXMning tasdiqlangan biznes-reja ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash, daromadlilik va samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish. • Bankning rivojlanish strategiyasida belgilangan vazifalarni BXM faoliyatida amalga oshirish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish. • Davlat organlari, hokimliklar, boshqa tashkilotlar va mijozlar bilan munosabatlarda Bank va BXM manfaatlarini ifodalash. • BXM faoliyatining uzluksiz va samarali tashkil etilishini ta’minlash hamda o‘z vakolatlari doirasida xo‘jalik masalalarini hal etish. • BXM va uni qo‘llab-quvvatlovchi Bosh Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan samarali hamkorlikni tashkil etish. • Mijozlarga xizmat ko‘rsatish va biznes jarayonlaridagi muammo hamda kamchiliklarni aniqlash, ularni tezkor bartaraf etish choralarini ko‘rish. • BXM xodimlari faoliyatini tashkil etish, vazifalarni taqsimlash, ijrosini nazorat qilish va ish samaradorligini baholash. • BXMning moliyaviy holati, daromadliligi, mijozlar bazasi va asosiy biznes ko‘rsatkichlari uchun mas’ul bo‘lish. • BXM faoliyati bo‘yicha hisobotlar, tahliliy ma’lumotlar va takliflarni tayyorlash. • Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini, BXM faoliyati samaradorligini va biznes natijalarini doimiy ravishda yaxshilash.
Talablar: • Oliy ma’lumot, iqtisodiyot, moliya, bank ishi yoki menejment yo‘nalishlarida bo‘lishi maqsadga muvofiq. • Bank sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi. • Bank tizimida rahbarlik lavozimida ish tajribasiga ega bo‘lish afzallik beradi. • Bank mahsulotlari, xizmatlari va asosiy biznes jarayonlarini yaxshi bilish. • Bank faoliyati va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hamda ichki hujjatlar talablarini bilish. • Sotuvlar va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni boshqarish bo‘yicha amaliy tajriba. • Moliyaviy va biznes ko‘rsatkichlarini boshqarish va tahlil qilish ko‘nikmasi. • Rejalashtirish, vazifalarni belgilash va ularning ijrosini nazorat qilish ko‘nikmalari. • Xodimlar va jamoani boshqarish ko‘nikmalari. • Muzokaralar olib borish, samarali muloqot qilish va nizoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalari. • MS Office va Excel dasturlarini yaxshi bilish. • O‘zbek va rus tillarini bilish.
Rezyumelarni hr@sqb.uz manziliga 11.09.2026 ga qadar yuborishingiz mumkin.