SQB Qo’qon bank xizmatlari markaziga ofis menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi
30.06.2026 17:59
Mijozlarga xizmat ko’rsatish va bank mahsulotlarini taqdim etish sohasida o’zingizni sinab ko’rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar:
• Bank mahsulotlari va xizmatlari bo’yicha mijozlarga to’liq va sifatli maslahat berish, yangi mahsulotlarni targ’ib qilish
• Mijozlarni bank mahsulotlariga jalb qilish, mobil ilovaga ulash, bank kartalarini rasmiylashtirish va omonatlarni jalb etish
• Chakana biznes yo’nalishi bo’yicha reja va KPI ko’rsatkichlarini bajarish
• Mijoz ehtiyojlarini aniqlash va mos bank mahsulotlarini taklif etish, kross-sotuvlarni amalga oshirish
• Mijozlar oqimini boshqarish va xizmat ko’rsatish jarayonini muvofiqlashtirish
• 24/7 va o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish zonalarida mijozlarga amaliy yordam ko’rsatish
• Murojaatlar va kiruvchi hujjatlarni qabul qilish hamda tegishli bo’linmalarga yo’naltirish
• Rahbariyatga amalga oshirilgan ishlar bo’yicha hisobot taqdim etish
Talablar:
• Oliy yoki o’rta maxsus ma’lumot
• Stressga chidamlilik, qat’iyatlilik, kommunikativlik
• Mijozga yo’naltirilganlik va mas’uliyatlilik
Ish joyi: Qo’qon bank xizmatlari markazi
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga 3.07ga qadar yuborishingiz mumkin.

82
Другие новости