SQB Qoraqalpogʻiston BXO Biznes-menejerlar guruhi Katta biznes menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
09.07.2026 10:06
Mikro va kichik biznes yo‘nalishini rivojlantirish, mijozlar bazasini kengaytirish hamda bank mahsulotlarini faol targ‘ib qilish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Mikro va kichik biznes yo‘nalishini rivojlantirish ishlarini tashkil etish.
• Belgilangan KPI va biznes-rejalar ijrosini ta’minlash.
• Yangi mijozlarni jalb qilish va mijozlar bazasini kengaytirish.
• Amaldagi mijozlar foydalanayotgan bank mahsulotlari va xizmatlari sonini oshirish.
• Mavjud mijozlar bazasini qayta faollashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish.
• Mijozlar bilan muzokaralar o‘tkazish, ehtiyojlarini aniqlash va mos bank mahsulotlarini taklif qilish.
• Mikro va kichik biznes subyektlarini kreditlash jarayonlarini muvofiqlashtirish.
• Mijozlarning shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish.
• Faoliyat natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlash.
• Yo‘nalish samaradorligi va daromadliligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiy yo‘nalish afzal).
• Bank tizimida kamida 2 yillik ish tajribasi.
• Mikro va kichik biznes uchun bank mahsulotlarini yaxshi bilish.
• Kreditlash jarayonlari va mijozlarning kredit layoqatini baholash bo‘yicha bilim.
• Hisob-kitob-kassa xizmatlari, masofaviy bank xizmatlari, depozit mahsulotlari, korporativ kartalar va savdo ekvayringi bo‘yicha bilim.
• O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlarini bilish.
• Komplayens, ichki nazorat hamda AML/CFT talablarini bilish.
• Bank dasturlari va kompyuter texnologiyalaridan erkin foydalanish.
• Natijaga yo‘naltirilganlik va KPI ko‘rsatkichlari bo‘yicha ishlashga tayyorlik.
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga 10.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.

54
Другие новости