SQB Qoraqalpogʻiston BXO Biznes-menejerlar guruhi Katta biznes menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


09.07.2026 10:06

Mikro va kichik biznes yo‘nalishini rivojlantirish, mijozlar bazasini kengaytirish hamda bank mahsulotlarini faol targ‘ib qilish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• Mikro va kichik biznes yo‘nalishini rivojlantirish ishlarini tashkil etish.
• Belgilangan KPI va biznes-rejalar ijrosini ta’minlash.
• Yangi mijozlarni jalb qilish va mijozlar bazasini kengaytirish.
• Amaldagi mijozlar foydalanayotgan bank mahsulotlari va xizmatlari sonini oshirish.
• Mavjud mijozlar bazasini qayta faollashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish.
• Mijozlar bilan muzokaralar o‘tkazish, ehtiyojlarini aniqlash va mos bank mahsulotlarini taklif qilish.
• Mikro va kichik biznes subyektlarini kreditlash jarayonlarini muvofiqlashtirish.
• Mijozlarning shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish.
• Faoliyat natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlash.
• Yo‘nalish samaradorligi va daromadliligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiy yo‘nalish afzal).
• Bank tizimida kamida 2 yillik ish tajribasi.
• Mikro va kichik biznes uchun bank mahsulotlarini yaxshi bilish.
• Kreditlash jarayonlari va mijozlarning kredit layoqatini baholash bo‘yicha bilim.
• Hisob-kitob-kassa xizmatlari, masofaviy bank xizmatlari, depozit mahsulotlari, korporativ kartalar va savdo ekvayringi bo‘yicha bilim.
• O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlarini bilish.
• Komplayens, ichki nazorat hamda AML/CFT talablarini bilish.
• Bank dasturlari va kompyuter texnologiyalaridan erkin foydalanish.
• Natijaga yo‘naltirilganlik va KPI ko‘rsatkichlari bo‘yicha ishlashga tayyorlik.

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 10.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.



Boshqa yangiliklar

08/20/2026 02:35:07 pm
SQB Qoraqalpog‘iston BXO Servis-menejer (0,5 stavka) lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Bank xizmatlarini ko‘rsatish, mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish va bank operatsiyalari ...

08/20/2026 11:44:50 am
SQB Sun’iy intellekt departamentining Tadqiqot tahlili va AI-modellari xizmati Kichik menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Sun’iy intellekt, mashinaviy va chuqur o‘qitish yo‘nalishlarida rivojlanishni istagan, tahliliy fikrlash va zamonaviy te ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 09.07.2026 10:06  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит