O‘zsanoatqurilishbank ATBda Matbuot kotibi — Boshqaruv Raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tanlov e’lon qilinadi
03.08.2026 13:10 Asosiy vazifalar:
- Bankning axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirish;
- Bank faoliyatini OAV, ijtimoiy tarmoqlar, rasmiy veb-sayt va boshqa axborot resurslarida yoritilishini tashkil etish;
- Matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar va boshqa kommunikatsiya tadbirlarini tashkil etish;
- Mahalliy va xorijiy OAV, jurnalistlar hamda blogerlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- Bank rahbariyatining OAVdagi chiqishlari va intervyularini tashkil etish;
- Bank faoliyati bo‘yicha press-relizlar, xabarlar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlanishini muvofiqlashtirish;
- Axborot makonini muntazam monitoring qilish va tahlil qilish;
- Bank faoliyatiga oid tanqidiy yoki keng muhokama qilinayotgan axborotlarga tezkor va professional munosabat bildirish;
- Bankning ijobiy imiji va jamoatchilik oldidagi nufuzini shakllantirish va mustahkamlash;
- Jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda rahbariyatga tegishli takliflar kiritish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) hamda tegishli davlat organlari bilan hamkorlik qilish;
- Bankning rasmiy axborot resurslarida zarur materiallarning o‘z vaqtida joylashtirilishini ta’minlash.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- Jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot;
- Kamida 5 yillik ish tajribasi;
- Shundan bank tizimida kamida 2 yillik ish tajribasi;
- OAV va jurnalistlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba;
- Axborot va kommunikatsiya siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirish ko‘nikmasi;
- Press-reliz, maqola, intervyu, nutq va boshqa axborot materiallarini professional darajada tayyorlay olish;
- Axborot makonini monitoring va tahlil qilish ko‘nikmasi;
- Inqirozli vaziyatlarda kommunikatsiyalarni samarali boshqarish qobiliyati;
- Yuqori darajadagi kommunikativ va tashkiliy qobiliyat;
- Tahliliy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va yuqori mas’uliyat;
- O‘zbek tilini mukammal bilish, rus va ingliz tillarini bilish qo‘shimcha ustunlik beradi.
Biz taklif qilamiz:
- Yirik va dinamik bankda rahbarlik darajasidagi professional faoliyat;
- Strategik ahamiyatga ega kommunikatsiya loyihalarida ishtirok etish;
- Professional va malakali jamoada ishlash;
- Kasbiy va martaba rivojlanishi uchun imkoniyatlar.
Muhim:
Mazkur lavozimga tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) bilan belgilangan tartibda kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Nomzodlar uchun:
Agar siz yuqoridagi talablarga javob bersangiz va ushbu lavozimda o‘z tajribangizni namoyon etishga tayyor bo‘lsangiz, rezyumeingizni yuboring.

3
Boshqa yangiliklar