• Main
  • Press-center
  • O‘zsanoatqurilishbank ATBda Matbuot kotibi — Boshqaruv Raisining axborot siyosat

O‘zsanoatqurilishbank ATBda Matbuot kotibi — Boshqaruv Raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tanlov e’lon qilinadi


03.08.2026 13:10

Asosiy vazifalar:

  • Bankning axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirish;
  • Bank faoliyatini OAV, ijtimoiy tarmoqlar, rasmiy veb-sayt va boshqa axborot resurslarida yoritilishini tashkil etish;
  • Matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar va boshqa kommunikatsiya tadbirlarini tashkil etish;
  • Mahalliy va xorijiy OAV, jurnalistlar hamda blogerlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
  • Bank rahbariyatining OAVdagi chiqishlari va intervyularini tashkil etish;
  • Bank faoliyati bo‘yicha press-relizlar, xabarlar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlanishini muvofiqlashtirish;
  • Axborot makonini muntazam monitoring qilish va tahlil qilish;
  • Bank faoliyatiga oid tanqidiy yoki keng muhokama qilinayotgan axborotlarga tezkor va professional munosabat bildirish;
  • Bankning ijobiy imiji va jamoatchilik oldidagi nufuzini shakllantirish va mustahkamlash;
  • Jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda rahbariyatga tegishli takliflar kiritish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) hamda tegishli davlat organlari bilan hamkorlik qilish;
  • Bankning rasmiy axborot resurslarida zarur materiallarning o‘z vaqtida joylashtirilishini ta’minlash.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • Jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot;
  • Kamida 5 yillik ish tajribasi;
  • Shundan bank tizimida kamida 2 yillik ish tajribasi;
  • OAV va jurnalistlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba;
  • Axborot va kommunikatsiya siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirish ko‘nikmasi;
  • Press-reliz, maqola, intervyu, nutq va boshqa axborot materiallarini professional darajada tayyorlay olish;
  • Axborot makonini monitoring va tahlil qilish ko‘nikmasi;
  • Inqirozli vaziyatlarda kommunikatsiyalarni samarali boshqarish qobiliyati;
  • Yuqori darajadagi kommunikativ va tashkiliy qobiliyat;
  • Tahliliy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va yuqori mas’uliyat;
  • O‘zbek tilini mukammal bilish, rus va ingliz tillarini bilish qo‘shimcha ustunlik beradi.

Biz taklif qilamiz:

  • Yirik va dinamik bankda rahbarlik darajasidagi professional faoliyat;
  • Strategik ahamiyatga ega kommunikatsiya loyihalarida ishtirok etish;
  • Professional va malakali jamoada ishlash;
  • Kasbiy va martaba rivojlanishi uchun imkoniyatlar.

Muhim:

Mazkur lavozimga tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) bilan belgilangan tartibda kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Nomzodlar uchun:

Agar siz yuqoridagi talablarga javob bersangiz va ushbu lavozimda o‘z tajribangizni namoyon etishga tayyor bo‘lsangiz, rezyumeingizni yuboring.





08/20/2026 02:35:07 pm
SQB Qoraqalpog‘iston BXO Servis-menejer (0,5 stavka) lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Bank xizmatlarini ko‘rsatish, mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish va bank operatsiyalari ...

08/20/2026 11:44:50 am
SQB Sun’iy intellekt departamentining Tadqiqot tahlili va AI-modellari xizmati Kichik menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Sun’iy intellekt, mashinaviy va chuqur o‘qitish yo‘nalishlarida rivojlanishni istagan, tahliliy fikrlash va zamonaviy te ...

08/20/2026 09:42:05 am
SQB Namangan BXO biznes bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Biznes yo‘nalishlarini samarali boshqarish, mijozlar bilan ishlash va bank xizmatlarini ri ...


Last updated date: 24.08.2026 13:11  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит