Bank xizmatlarini ko‘rsatish, mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish va bank operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Jismoniy shaxslarga chakana bank xizmatlarini ko‘rsatish.
• Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish.
• Mijozlarni identifikatsiya qilish va bank operatsiyalari uchun taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki tekshirish.
• Depozit hisobvaraqlarini ochish, yuritish va ular bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish.
• Xalqaro pul o‘tkazmalari va «O‘zbekiston Ekspress» milliy pul o‘tkazmalari tizimi bo‘yicha operatsiyalarni rasmiylashtirish.
• Bank kartalarini ochish, qayta chiqarish va bloklash bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish.
• Milliy va xorijiy valyutada naqd va naqdsiz pul operatsiyalarini amalga oshirish.
• SWIFT to‘lovlari va valyuta ayirboshlash operatsiyalarini rasmiylashtirish.
• Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobvaraqlari bo‘yicha to‘lov hujjatlarini bank tizimiga kiritish.
• Ish haqi loyihalari bo‘yicha to‘lov reyestrlarini qabul qilish va tegishli kartochka hisobvaraqlariga mablag‘larni kiritish.
• Tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha valyuta operatsiyalarini rasmiylashtirish va tegishli axborot tizimlariga o‘z vaqtida kiritilishini nazorat qilish.
• Mijozlarga hisobvaraqlar bo‘yicha ko‘chirmalar, ma’lumotnomalar va operatsiyalarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish.
Talablar:
• Oliy ma’lumot, iqtisodiy ma’lumotga ustunlik beriladi.
• Bank tizimida kamida 2 yillik ish tajribasi.
• Bank operatsiyalarini amalga oshirish va jismoniy hamda yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish tartibini bilish.
• Markaziy bank talablari va Bankning ichki me’yoriy hujjatlarini bilish.
• Mijozlarga yo‘naltirilganlik va bank xizmatlari standartlariga rioya qilish.
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 22.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.
Sun’iy intellekt, mashinaviy va chuqur o‘qitish yo‘nalishlarida rivojlanishni istagan, tahliliy fikrlash va zamonaviy te ...
Biznes yo‘nalishlarini samarali boshqarish, mijozlar bilan ishlash va bank xizmatlarini ri ...

