Yangiliklar

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati


10.07.2026 14:19

Ijtimoiy tarmoqlardan birida kredit qarzdorligi yuzasidan murojaat e’lon qilgan fuqaro S.A.ning chiqishi yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Murojaatda keltirilgan vajlar bank tomonidan amaldagi qonunchilik talablari hamda kredit shartnomalari shartlaridan kelib chiqqan holda batafsil o‘rganildi.

Aniqlanishicha, murojaatchiga 2024-yilda uchta mikrokredit ajratilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar mazkur kreditlar bo‘yicha qarzdorlik to‘liq so‘ndirilmagan.

Jumladan, 7 282 200 so‘m va 2 000 000 so‘m miqdoridagi mikrokreditlar bo‘yicha sud buyruqlari asosida Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro ishlari yuritilmoqda.

Shuningdek, mazkur kredit shartnomalari bo‘yicha tuzilgan sug‘urta shartnomalariga muvofiq sug‘urta kompaniyasi tomonidan bank foydasiga sug‘urta tovoni to‘langan.

Sug‘urta kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan mazkur to‘lovlar kredit shartnomalari hamda amaldagi tartiblarga muvofiq qarzdorlikni qisman qoplashga yo‘naltirilgan.

Biroq mazkur mablag‘lar qarzdorlikni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmaganligi sababli sud hujjatlarida belgilangan majburiyatlar o‘z kuchida qolgan hamda Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro harakatlari qonunchilikda belgilangan tartibda davom ettirilmoqda.

Kredit bo‘yicha foizlar hisoblanishi masalasida shuni ta’kidlash lozimki, amaldagi qonunchilik normalariga muvofiq mikrokredit shartnomalari bo‘yicha sud hujjati qabul qilinganidan keyin ham kredit shartnomasida nazarda tutilgan foizlar hamda jarima (neustoyka) hisoblanishi davom ettiriladi.

Shu munosabat bilan, mazkur holatda foizlar hisoblanishini to‘xtatish uchun huquqiy asos mavjud emas.

Shu bilan birga, murojaatchiga bankning mas’ul xodimlari tomonidan amaldagi qonunchilik talablari, kredit shartnomalari shartlari, qarzdorlik holati, sug‘urta to‘lovlarining hisobga olinishi hamda ijro jarayoniga oid masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilgan.



Другие новости

17.07.2026 17:49:46
O‘zsanoatqurilishbank “Euromoney” xalqaro nashrining uchta nufuzli mukofotiga sazovor bo‘ldi

Joriy yilning 16-iyul kuni London shahrida bo‘lib o‘tgan “Euromoney Awards for Excellence 2026” xalq ...

06.07.2026 15:20:28
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimida muhim o‘zgarishlar

2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimida yangi tartib joriy etiladi. Unga ko‘ra, kas ...

02.07.2026 15:45:33
Tadbirkorlar bilan muloqot - rivojlanish sari muhim qadam

Mamlakatimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish h ...


Дата последнего обновления: 15.07.2026 09:20  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send