Yangiliklar

O‘zsanoatqurilishbank London fond birjasida navbatdagi xalqaro obligatsiyalarini joylashtirdi


22.07.2024 14:09

Oʻzsanoatqurilishbank Oʻzbekiston bank tizimi tarixida birinchi marotaba Reg S va 144A formatlarida London fond birjasining asosiy bozorida AQSH dollari va oʻzbek soʻmida navbatdagi xalqaro obligatsiyalarini joylashtirdi.

Xalqaro obligatsiyalarining Reg S va 144A formatida joylashtirilishi nafaqat Yevropa, balki AQSH, Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo va boshqa hududlardan ham yangi investorlarni jalb qilish boʻyicha yangi marrani zabt etishga imkon yaratdi.

Buyuk Britaniyaning London shahrida joriy yilning 12-16-iyul kunlari Morgan Stanley (boshqaruvida 5,4 trln dollar), Fidelity (4,9 trln dollar), Goldman Sachs Asset Management (2,7 trln dollar), Amundi (2,8 trln dollar), LGIM (1,2 trln dollar) kabi 60 ta nufuzli investor bilan muzokaralar olib borildi.

Taqdimotlar va muzokaralarda Bank rahbariyati tomonidan investorlarga respublikamizdagi ortga qaytmas iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar, bank-moliya tizimi va unda Bankning oʻrni hamda asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etildi.

Bankning xalqaro obligatsiyalarni joylashtiruv jarayondagi savdolarida 21 ta davlatdan 70 dan ortiq investorlar tomonidan jami 900 mln dollardan ziyod takliflar kelib tushdi. Shundan umumiy 400 mln dollar va 2,25 trln soʻm miqdorida mablagʻlar jalb qilindi.

Jalb qilingan xorijiy investitsiyalar – xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylashtirishdan kelib tushgan mablagʻlar Bank mijozlarining istiqbolli “yashil”, barqaror va ijtimoiy loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirishga xizmat qiladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan 2019-yilda Oʻzbekiston tarixida ilk bor xalqaro kapital bozorida korporativ qimmatli qogʻozlar, 2023-yilda esa Oʻzbekiston banklari orasida birinchi “yashil” obligatsiyalar joylashtirilgandi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

02.02.2026 11:29:46
Juma – milliy an’analar kuni

Haftaning har jumasi O‘zsanoatqurilishbankning xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida alohida ruh, milliy kayfiyat va an’ ...

26.01.2026 11:58:09
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Joriy yilning 8-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlardan birida O‘zsanoatqurilishbank (SQB) aksiyadorlar tarkibida o‘zga ...

23.01.2026 18:17:52
Bank korporativ qiyofasida milliylik aksi

Milliy libos – qadriyat va iftixor ramzi. Shu bois O‘zsanoatqurilishbank (SQB) tizimida milliy libo ...


Дата последнего обновления: 22.07.2024 14:10  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
logo