Yangiliklar

SQB xalqaro I-REC sertifikatiga ega bo‘ldi


20.08.2026 10:46

SQB xalqaro I-REC sertifikatiga ega bo‘ldi

SQB Bank foydalanayotgan elektr energiyasining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinganini tasdiqlovchi xalqaro I-REC sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Mazkur sertifikat Bankning barqaror rivojlanish, energiya resurslaridan mas’uliyatli foydalanish hamda ESG tamoyillarini faoliyatiga izchil joriy etish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamdir.

SQBning yashil energiyaga o‘tish bo‘yicha tashabbuslari bugungi kunda aniq natijalar bermoqda. Bankning hududiy filiallarida umumiy quvvati 1 758 kVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari o‘rnatilgan bo‘lib, ular filiallarning jami elektr energiyasi iste’molining 29,7 foizini qoplaydi.

Quyosh energiyasidan foydalanish orqali SQB an’anaviy energiya manbalariga bo‘lgan qaramlikni kamaytirish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va faoliyatining atrof-muhitga ta’sirini izchil qisqartirishga hissa qo‘shmoqda.

I-REC (International Renewable Energy Certificate) — elektr energiyasining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinganini tasdiqlovchi xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlash tizimidir. Ushbu sertifikat tashkilotlarga qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishini shaffof tarzda tasdiqlash imkonini beradi.

SQB uchun I-REC sertifikatining olinishi ekologik mas’uliyatli amaliyotlarni kundalik faoliyatga yanada keng joriy etish va ESG tashabbuslari shaffofligini oshirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Asosiy natijalar:

1 758 kVt — o‘rnatilgan quyosh energetikasi quvvati
29,7% — hududiy filiallarning elektr energiyasi iste’moli quyosh energiyasi hisobidan qoplanadi
I-REC xalqaro sertifikati qo‘lga kiritildi

SQB kelgusida ham resurslardan samarali foydalanish, zamonaviy yashil texnologiyalarni joriy etish va barqaror bank modelini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni izchil davom ettiradi.

SQB — barqaror kelajak sari qadamma-qadam.



Другие новости

20.08.2026 10:16:44
“Tayanch mahalla”larda iqtisodiy imkoniyatlardan samarali foydalanish yo‘lida

2026-yil 15-avgust kuni O‘zsanoatqurilishbank ATB rahbariyati boshchiligidagi Ishchi guruh “Dolzarb 40 kunlik” ta ...

17.08.2026 15:54:56
SQBda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkaziladi

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi tashabbusi bilan joriy yilning 20-avgust kuni Andi ...

17.08.2026 12:48:28
Aholi va tadbirkorlar murojaatlari: natija, tahlil va kelgusi rejalar

Joriy yilning 17-avgust kuni O‘zsanoatqurilishbank tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash sohasida 2026-yil ...


Дата последнего обновления: 20.08.2026 14:26  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send