Yangiliklar

Sun’iy intellekt va bank texnologiyalari imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi


30.09.2026 12:52

Sun’iy intellekt va bank texnologiyalari imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi

“SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lumotlar va zamonaviy bank texnologiyalariga bag‘ishlangan “Texno-choy” tadbirining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

“AI-pilotlardan sanoat AI’iga: O‘zbekiston banklarida amalda nima ishlayapti?” mavzusidagi uchrashuvda bank sektorida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish tajribasi muhokama qilindi.

Muloqot davomida quyidagi mavzularda fikr almashildi:

  • AI asosidagi amaliy loyihalar va ularning dastlabki natijalari;
  • banklarda ma’lumotlardan samarali foydalanish imkoniyatlari;
  • texnologik kompaniyalar va ekspertlarning tajribasi;
  • bank sektorida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologik yechimlar.

Tadbir ochiq muloqot va o‘zaro ma’lumot almashish formatida tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘z tajribalari, qarashlari va yangi g‘oyalari bilan o‘rtoqlashdilar.

“Texno-choy” — zamonaviy texnologiyalarni muhokama qilish, tajriba almashish va yangi hamkorlik g‘oyalarini shakllantirish uchun ochiq maydon.





Другие новости

20.11.2026 17:39:16
Kibergigiyena – raqamli xavfsizlik asosi

“Özsanoatqurilişbank” ATBda Ichki işlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda “KPMG Uzbeki ...

19.11.2026 15:39:23
SQB tajribasi Singapurda: Özbekiston banki xalqaro AI muloqotida

Özsanoatqurilişbank xalqaro professional hamjamiyat bilan hamkorlik va tajriba almaşiş doirasini izçil kengaytirm ...

19.11.2026 10:30:33
SQB kõmagida ayollar tadbirkorligini qõllab-quvvatlaş bõyiça hududiy trenerlar malakasi oşirildi

“SQB School”da ayollar tadbirkorligini qõllab-quvvatlaş dasturi (WESP) doirasida 30 nafar hududiy trener iştiroki ...


Дата последнего обновления: 30.09.2026 18:11  
up