Yangiliklar

Ochiq muloqot, amaliy yechim


05.07.2025 16:43

Ochiq muloqot, amaliy yechim

Joriy yilning 4-iyul kuni O‘zsanoatqurilishbank boshqaruv vakillari surxondaryolik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritayotgan 30 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot mamlakatimizda xususiy sektorni rivojlantirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, hududiy iqtisodiyotda moliyaviy inklyuzivlikni ta’minlash yo‘lidagi navbatdagi amaliy qadam bo‘ldi.

Uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan faktoring xizmatlari, imtiyozli kredit mahsulotlari va boshqa bank xizmatlari yuzasidan qator masalalar ko‘tarildi. Har bir taklif va savol jonli muhokama qilindi, yechimlar belgilab olindi, tegishli mas’ullarga aniq vazifalar yuklandi.

Xususan, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, mahalliy xomashyodan samarali foydalanish va import o‘rnini bosuvchi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi yo‘nalishlar belgilab olindi.

Bank rahbariyati va tadbirkorlar o‘rtasidagi bunday ochiq muloqotlar hududda ijtimoiy-iqtisodiy hayotni yaxshilash, xususan aholi bandligi va daromadini oshirishga xizmat qiladi.

Bank axborot xizmati


   

   






Другие новости

06.07.2026 15:20:28
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimida muhim o‘zgarishlar

2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimida yangi tartib joriy etiladi. Unga ko‘ra, kas ...

02.07.2026 15:45:33
Tadbirkorlar bilan muloqot - rivojlanish sari muhim qadam

Mamlakatimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish h ...

02.07.2026 14:51:38
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBga murojaat yuborish tartibi

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! O‘zsanoatqurilishbankka ariza, taklif va shikoyatlaringizni og‘zaki, yo ...


Дата последнего обновления: 05.07.2025 16:49  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send