"Green Deposit"

Ekologik yondashuvga ega omonat

"Green Deposit"

Depozit valyutasi

UZS

Daromad

19 %

Saqlash muddati

13 oy

Minimal miqdori

100 ming so’m
Usefull to know
  • Asosiy ma'lumotlar
  • Saqlash muddatidan oldin talab qilib olinganda
  • Hujjatlar
  • Calculator
Asosiy ma'lumotlar

Valyuta:

milliy valyuta (so'm)

Foiz stavkasi:

SQB Mobile mobil ilovalari orqali rasmiylashtirganda - 19 %

bank filiallari va ofislarida rasmiylashtirganda - 19 %


Omonat egalariga omonatning belgilangan yillik foiz stavkasidan 1% kamaytirilgan miqdorda to‘lab beriladi, shuningdek, omonatga hisoblangan va omonat qoldig‘iga qo‘shiladigan foiz daromadlarining 1% avtomatik ravishda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashuvchi hamda atrof-muhitni muhofaza qiluvchi yoki “yashil” loyihalarni moliyalashtiruvchi tashkilotlarning hisobvarag‘iga naqd pulsiz yo‘naltiriladi.

Miqdori:

minimal miqdori 100 000 so’m va undan yuqori, miqdori chegaralanmagan

Muddati:

13 oy

Omonatni to'ldirish:

mavjud emas

Qisman yechish:

mavjud emas

Omonat muddatini uzaytirish:

mavjud emas

Foizlarni to'lash:

omonatga foizlar kunlik hisoblanadi va omonat bir oy saqlangandan so'ng to'lab beriladi


Omonatingizni xavfsizligi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB mijozlariga bank siri saqlanishi hamda mablag‘larning o‘z vaqtida qaytarilishini kafolatlaydi. Bank O‘zbekiston Respublikasining omonatlarni kafolatlash tizimi ishtirokchisi hisoblanadi.

Omonatlaringiz xavfsizligi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-fevralda imzolangan “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ta’minlanadi. Mazkur qonunga asosan, omonatlar belgilangan miqdor doirasida davlat tomonidan kafolatlanadi.

Kafolatlangan omonat summasi 200 mln so‘mni tashkil etadi.

Batafsil



Files

Ommaviy oferta

Download
download

Omonatlarni kafolatlash tizimi haqida axborot

Download
download

Omonat bo‘yicha axborot varaqasi

Download
download
Muddatidan oldin yopilganda foiz stavkasi

Omonat muddatidan oldin yopilganda:

  • har kuni hisoblangan, ammo hali o'tkazilmagan foizlar to‘lanmaydi;

  • avval to‘lab berilgan foizlar qaytarib olinmaydi;

  • to‘liq o‘tmagan oylar uchun foizlar hisoblanmaydi.


Bank ofisida omonat ochilganda:

Pasport yoki ID-karta — majburiy.

SQB Mobile mobil ilovasi orqali omonat ochilganda:

Hech qanday hujjat taqdim etish talab etilmaydi, chunki mijozni identifikatsiyadan o‘tkazish bank kartasi rasmiylashtirilishi va ilovada ro‘yxatdan o‘tish jarayonida allaqachon amalga oshirilgan.

I want to invest
 %
 
 
 
SQB omonatlari bo‘yicha tez-tez so‘raladigan savollar
Hide
1. Qanday qilib mos omonatni tanlash mumkin?

Omonat tanlash sizning maqsadingizga bog‘liq:

  • Daromadni maksimal oshirish muhim bo‘lsa — milliy valyutadagi (so‘m) omonatlarni tanlang, foiz stavkalari yuqoriroq bo‘ladi.
  • Valyuta barqarorligi muhim bo‘lsa — xorijiy valyutadagi (USD yoki EUR) omonatlarni tanlang.
  • Omonatni keyinchalik to‘ldirib borishni rejalashtirsangiz — to‘ldirish imkoniyati mavjud omonatlarni tanlang: Manfaatli, Ideal, Yevro.
  • Mablag‘ni uzoq muddatga saqlash imkoniyati bo‘lsa — uzoq muddatli omonat yuqoriroq umumiy daromad keltiradi.
Hide
2. Qaysi valyutada omonat ochish mumkin?

SQBda omonatlarni quyidagi valyutalarda ochish mumkin:

  • milliy valyuta — so‘m (UZS)
  • AQSh dollari (USD)
  • yevro (EUR)
Hide
3. To‘ldiriladigan omonat nima?

To‘ldiriladigan omonat — bu amal qilish muddati davomida qo‘shimcha mablag‘ kiritish mumkin bo‘lgan omonat turidir.

SQBda bunday omonatlar:
Manfaatli
Ideal
Yevro

Bu omonatlar muntazam ravishda jamg‘arma qilishni istagan mijozlar uchun qulay.

Hide
4. Omonat muddati nimaga ta’sir qiladi?

Omonat muddati muhim shartlardan biridir.

Agar mablag‘ni muddatidan oldin yechib olish zarurati tug‘ilsa, foizlar to‘liq saqlanmasligi mumkin.

Agar mablag‘ sizga uzoq muddat kerak bo‘lmasa, maksimal muddatli omonatni tanlash umumiy daromadni oshiradi.

Hide
5. Muddatli omonat va talab qilib olinguncha omonat o‘rtasida qanday farq bor?

  • Muddatli omonat — mablag‘ ma’lum muddatga joylashtiriladi va yuqoriroq foiz daromadi keltiradi.
  • Talab qilib olinguncha omonat — mablag‘ni istalgan vaqtda yechib olish mumkin, ammo foiz darajasi past yoki minimal bo‘ladi.

Hide
6. Omonat va depozit o‘rtasida qanday farq bor?

Jismoniy shaxslar uchun “omonat” va “depozit” atamalari amalda bir xil ma’noni anglatadi — har ikkala holatda ham mijoz mablag‘ini bankka joylashtiradi va foiz daromadi oladi.

“Depozit” atamasi ko‘proq yuridik shaxslar bilan ishlashda qo‘llaniladi.

Hide
7. To‘ldirish imkoniyatiga ega valyuta omonati bormi?

Ha. To‘ldirish imkoniyati mavjud valyuta omonatlari:

Ideal (USD)
Yevro (EUR)

Hide
8. Nima uchun har oy foiz summasi turlicha bo‘lishi mumkin?

Foizlar oy ichidagi haqiqiy kunlar sonidan kelib chiqib hisoblanadi.

Masalan:
yanvar — 31 kun
fevral — 28–29 kun

Shu sababli foiz summasi har oyda biroz farq qilishi mumkin.

Hide
9. Omonatlarda kapitalizatsiya mavjudmi?

Hozirgi vaqtda omonatlar bo‘yicha foizlar kapitalizatsiyasi nazarda tutilmagan.

Hide
10. SQB Mobile ilovasi orqali omonatni qanday ochish mumkin?

Omonat ochish uchun:

  1. SQB Mobile ilovasini yuklab oling va telefon raqamingiz orqali ro‘yxatdan o‘ting.
  2. Shaxsingizni tasdiqlang (pasport ma’lumotlari yoki PINFL orqali).
  3. Ilovaning bosh sahifasidagi “Mavjud omonatlar” bo‘limiga o‘ting.
  4. O‘zingizga mos omonatni tanlab, rasmiylashtiring.
Hide
11. Omonatni muddatidan oldin yopish mumkinmi?

Ha, mumkin. Biroq bunday holatda foizlar qayta hisoblanishi yoki kamaytirilishi mumkin. Shartlarni oldindan aniqlashtirish tavsiya etiladi.

Hide
12. Foizlar qanday hisoblanadi?

Foizlar har kuni hisoblanadi va omonat shartlariga muvofiq to‘lanadi. Foiz stavkasi omonat muddati davomida o‘zgarmaydi.

Hide
13. Bir vaqtning o‘zida bir nechta omonat ochish mumkinmi?

Ha. Siz turli valyuta va muddatlarda bir nechta omonat ochishingiz mumkin.

Hide
14. Omonatlaringiz himoyalanganmi?

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB O‘zbekiston Respublikasining omonatlarni kafolatlash tizimi ishtirokchisi hisoblanadi.

Omonatlaringiz O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-fevraldagi “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq himoyalangan.

Kafolatlangan omonat summasi — 200 mln so‘m.

Batafsil ma’lumot — «Omonatlaringiz kafolatlangan» bo‘limida. https://fgd.uz/uz

Актуально
Автомобиль в кредит
- легко и просто!

Кредитная ставка

от 25%

Срок выдачи кредита

до 5 лет

Максимальная сумма кредита

до 600 млн сумов

Минимальный пакет документов для оформления и удобные способы погашения кредита

Дом вашей мечты в ипотеку от 17 %

Выдается на приобретение квартир в новостройке

SQB Mobile - все нужные платежи в вашем телефоне

Совершайте повседневные платежи, используя удобное приложение



Last updated date: 13.03.2026 16:23  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo