"Manfaatli"

To‘ldirish imkoniyatiga ega jamg‘ariladigan omonat

"Manfaatli"

Depozit valyutasi

UZS

Maksimal daromad

19 % yillik

Saqlash muddati

24 oy

Minimal miqdori

500 ming so’m
Usefull to know
  • Asosiy malumotlar
  • Erta yopilgan taqdirdagi foiz stavkasi
  • Hujjatlar
  • Calculator
Asosiy ma'lumotlar

Depozit valyutasi:

milliy valyutada - so'm

Foiz stavkasi:

SQB Mobile ilovalari orqali rasmiylashtirganda – yillik 19 %


bank filiallari va ofislarida rasmiylashtirganda – yillik 19 %

Minimal miqdori:

500 000 so‘mdan boshlab

Maksimal miqdori:

cheklanmagan

Saqlash muddati:

24 oy

Qisman yechish:

ruxsat etiladi, bunda omonat hisobvarag‘ida kamida 500 000 so‘m qoldiq bo‘lishi lozim

Omonatni to’ldirish:

  • 1–12 oy davomida ruxsat etiladi.
  • 13–24 oy davomida to‘ldirish ruxsat etilmaydi.

Amal qilish muddatini uzaytirish:

ko‘zda tutilmagan

Foizlarni hisoblash shartlari:

Foizlar omonatga mablag‘ tushgan kundan keyingi kundan boshlab hisoblanadi.

Bank ofislarida ochilgan omonatlar bo‘yicha:

  • hisoblangan foizlar omonatga o‘tkaziladi yoki omonatchi talabi bilan to‘lab beriladi;
  • foizlar kapitalizatsiya qilinmaydi.

Mobil ilova orqali ochilgan omonatlar bo‘yicha:

  • foizlar har oyda “talab qilib olinguncha” omonatiga o‘tkazib boriladi.

Qo‘shimcha shartlar:

  • Omonatga kunlik hisoblangan va zaxira hisobvaraqlarida yig‘ilgan foizlar omonatchining talabiga asosan bir oy to‘lmasdan ham talab qilib olinishi mumkin;
  • omonat muddatidan oldin talab qilib olinganda ilgari to‘langan foizlar ushlab qolinmaydi;
  • bank ofislarida ochilgan omonatlar mobil ilova orqali masofadan boshqarilishi mumkin;
  • ushbu xizmatni ulash uchun omonat ochishda bank xodimiga ma’lum qilish zarur.

Omonatingizni xavfsizligi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB mijozlariga bank siri saqlanishi hamda mablag‘larning o‘z vaqtida qaytarilishini kafolatlaydi. Bank O‘zbekiston Respublikasining omonatlarni kafolatlash tizimi ishtirokchisi hisoblanadi.

Omonatlaringiz xavfsizligi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-fevralda imzolangan “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida” gi Qonuniga muvofiq ta’minlanadi. Mazkur qonunga asosan, omonatlar belgilangan miqdor doirasida davlat tomonidan kafolatlanadi.

Kafolatlangan omonat summasi 200 mln so‘mni tashkil etadi.

Batafsil

Files

Ommaviy oferta

Download
download

Omonat bo‘yicha axborot varaqasi

Download
download

Omonatlarni kafolatlash tizimi haqida axborot

Download
download

Muddatidan oldin yopilganda

    • Agar omonat saqlash muddati tugamasdan oldin talab qilib olinsa, ilgari to‘langan foizlar ushlab qolinmaydi;
    • foizlar mablag‘larning amalda saqlangan muddati uchun to‘lab beriladi;
    • shuningdek, hisoblangan, ammo omonat hisobvarag‘iga kiritilmagan foizlar ham to‘lab beriladi.

Bank ofisida omonat ochilganda:

  • Pasport yoki ID-karta — majburiy.

SQB Mobile mobil ilovasi orqali omonat ochilganda:

  • Hech qanday hujjat taqdim etish talab qilinmaydi, chunki mijoz identifikatsiyasi karta rasmiylashtirilganda va mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tilganda allaqachon amalga oshirilgan.

I want to invest
 %
 
 
 
SQB omonatlari bo‘yicha tez-tez so‘raladigan savollar
Hide
1. Qanday qilib mos omonatni tanlash mumkin?

Omonat tanlash sizning maqsadingizga bog‘liq:

  • Daromadni maksimal oshirish muhim bo‘lsa — milliy valyutadagi (so‘m) omonatlarni tanlang, foiz stavkalari yuqoriroq bo‘ladi.
  • Valyuta barqarorligi muhim bo‘lsa — xorijiy valyutadagi (USD yoki EUR) omonatlarni tanlang.
  • Omonatni keyinchalik to‘ldirib borishni rejalashtirsangiz — to‘ldirish imkoniyati mavjud omonatlarni tanlang: Manfaatli, Ideal, Yevro.
  • Mablag‘ni uzoq muddatga saqlash imkoniyati bo‘lsa — uzoq muddatli omonat yuqoriroq umumiy daromad keltiradi.
Hide
2. Qaysi valyutada omonat ochish mumkin?

SQBda omonatlarni quyidagi valyutalarda ochish mumkin:

  • milliy valyuta — so‘m (UZS)
  • AQSh dollari (USD)
  • yevro (EUR)
Hide
3. To‘ldiriladigan omonat nima?

To‘ldiriladigan omonat — bu amal qilish muddati davomida qo‘shimcha mablag‘ kiritish mumkin bo‘lgan omonat turidir.

SQBda bunday omonatlar:
Manfaatli
Ideal
Yevro

Bu omonatlar muntazam ravishda jamg‘arma qilishni istagan mijozlar uchun qulay.

Hide
4. Omonat muddati nimaga ta’sir qiladi?

Omonat muddati muhim shartlardan biridir.

Agar mablag‘ni muddatidan oldin yechib olish zarurati tug‘ilsa, foizlar to‘liq saqlanmasligi mumkin.

Agar mablag‘ sizga uzoq muddat kerak bo‘lmasa, maksimal muddatli omonatni tanlash umumiy daromadni oshiradi.

Hide
5. Muddatli omonat va talab qilib olinguncha omonat o‘rtasida qanday farq bor?

  • Muddatli omonat — mablag‘ ma’lum muddatga joylashtiriladi va yuqoriroq foiz daromadi keltiradi.
  • Talab qilib olinguncha omonat — mablag‘ni istalgan vaqtda yechib olish mumkin, ammo foiz darajasi past yoki minimal bo‘ladi.

Hide
6. Omonat va depozit o‘rtasida qanday farq bor?

Jismoniy shaxslar uchun “omonat” va “depozit” atamalari amalda bir xil ma’noni anglatadi — har ikkala holatda ham mijoz mablag‘ini bankka joylashtiradi va foiz daromadi oladi.

“Depozit” atamasi ko‘proq yuridik shaxslar bilan ishlashda qo‘llaniladi.

Hide
7. To‘ldirish imkoniyatiga ega valyuta omonati bormi?

Ha. To‘ldirish imkoniyati mavjud valyuta omonatlari:

Ideal (USD)
Yevro (EUR)

Hide
8. Nima uchun har oy foiz summasi turlicha bo‘lishi mumkin?

Foizlar oy ichidagi haqiqiy kunlar sonidan kelib chiqib hisoblanadi.

Masalan:
yanvar — 31 kun
fevral — 28–29 kun

Shu sababli foiz summasi har oyda biroz farq qilishi mumkin.

Hide
9. Omonatlarda kapitalizatsiya mavjudmi?

Hozirgi vaqtda omonatlar bo‘yicha foizlar kapitalizatsiyasi nazarda tutilmagan.

Hide
10. SQB Mobile ilovasi orqali omonatni qanday ochish mumkin?

Omonat ochish uchun:

  1. SQB Mobile ilovasini yuklab oling va telefon raqamingiz orqali ro‘yxatdan o‘ting.
  2. Shaxsingizni tasdiqlang (pasport ma’lumotlari yoki PINFL orqali).
  3. Ilovaning bosh sahifasidagi “Mavjud omonatlar” bo‘limiga o‘ting.
  4. O‘zingizga mos omonatni tanlab, rasmiylashtiring.
Hide
11. Omonatni muddatidan oldin yopish mumkinmi?

Ha, mumkin. Biroq bunday holatda foizlar qayta hisoblanishi yoki kamaytirilishi mumkin. Shartlarni oldindan aniqlashtirish tavsiya etiladi.

Hide
12. Foizlar qanday hisoblanadi?

Foizlar har kuni hisoblanadi va omonat shartlariga muvofiq to‘lanadi. Foiz stavkasi omonat muddati davomida o‘zgarmaydi.

Hide
13. Bir vaqtning o‘zida bir nechta omonat ochish mumkinmi?

Ha. Siz turli valyuta va muddatlarda bir nechta omonat ochishingiz mumkin.

Hide
14. Omonatlaringiz himoyalanganmi?

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB O‘zbekiston Respublikasining omonatlarni kafolatlash tizimi ishtirokchisi hisoblanadi.

Omonatlaringiz O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-fevraldagi “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq himoyalangan.

Kafolatlangan omonat summasi — 200 mln so‘m.

Batafsil ma’lumot — «Omonatlaringiz kafolatlangan» bo‘limida. https://fgd.uz/uz

Актуально
Автомобиль в кредит
- легко и просто!

Кредитная ставка

от 25%

Срок выдачи кредита

до 5 лет

Максимальная сумма кредита

до 600 млн сумов

Минимальный пакет документов для оформления и удобные способы погашения кредита

Дом вашей мечты в ипотеку от 17 %

Выдается на приобретение квартир в новостройке

SQB Mobile - все нужные платежи в вашем телефоне

Совершайте повседневные платежи, используя удобное приложение



Last updated date: 26.03.2026 15:05  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo