All Credits
Urganch shahri “Jingavuz” mahallasida nonvoychilik bilan shug‘ullanib kelayotgan Sultonposhsha Madrimova, “Ko‘hna qal’a” mahallasidagi tikuvchi Dilnoza Holmurotova hamda Feruz nomli mahallada istiqolmat qiluvchi hunarmand Quvondiq Ortiqovlar bank madadi bilan daromadini 2 baravarga oshirdi.
Aholini tadbirkorlikka jalb qilishda olib borilayotgan o‘rganishlar ular bandligi va daromadini oshirishda o‘z samarasini bermoqda. Ayniqsa, banklar tomonidan taklif qilinayotan tayyor loyiha paketlari va imtiyozli kreditlar hisobiga kimdir o‘z tomorqasidan to‘liq foydalanishga erishmoqda, hunarmandchiligini kengaytirmoqda, yana kimdir esa, biznesga ilk qadamini tashlamoqda.
Xorazm viloyatida O‘zsanoatqurilishbankka biriktirilgan 20dan ziyod mahallalarda aholiga o‘z imkoniyatlari va hudud sharoitidan kelib chiqib yaqindan ko‘mak berilmoqda.
Xususan, urganchlik Q.Ortiqov kredit mablag‘i hisobiga zamonaviy duradgorlik uskunasi hamda xom ashyo sotib olib, yog‘ochdan tor, rubob kabi milliy musiqa asboblarini yasashga qaratilgan faoliyatini anchayin kengaytirdi. Natijada hunarmadning oylik daromadi 2,5 mln. so‘mdan 5,8 mln. so‘mga ortdi.
Urganch shahri aholisini non bilan ta’minlashda munosib hissa qo‘shayotgan S.Madrimova oilasiga taqdim etilgan kredit mablag‘i ham nonvoychilar og‘irini yengil qilish barobarida ularga qo‘shimcha daromad ham kiritdi. Ilg‘or xamir qorish va non isitgich uskunalari tadbirkorning ish unumdorligini oshirib, yiliga 60 mln. so‘mlik daromad topishiga omil bo‘ldi.
Ta’kidlash joiz, O‘zsanoatqurilishbank mamlakatimiz aholisi o‘rtasida keng qo‘llanilayotgan “Sayhunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “G‘ijduvon” tajribalarini targ‘ib qilishda faoldir.
Xususan, Prezidentimizning joriy yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida ishbilarmonlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hisobidan yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan o‘nga yaqin jozibador bank mahsulotlari ishlab chiqildi.
“Biznesga birinchi qadam”, “Biznesga birinchi qadam – 2”, “Tadbirkorga ko‘mak”, “Yashil ish o‘rinlari”, “Mikro”, “Imkoniyat”, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis”, “Mahalla tadbirkori” kabilar shular sirasiga kiradi.
Joriy yilning birinchi yarmida Xorazm viloyatida bankka biriktirilgan 20dan ziyod mahallalardagi 160 ta xonadonga bog‘dorchilik, parrandachilik, asalarichilik, chorvachilik va issiqxona xo‘jaligi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha loyiha paketlari yetkazib berildi. Ularni tadbiq etish uchun 2,1 mlrd. so‘m hajmida kredit mablag‘lari ajratildi, 313 nafar aholi bandligi ta’minlandi.
Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining 2023-yil 14-sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra olib borilgan ishlar samarasida esa, 153 ta loyiha moliyaviy qo‘llab-quvvatlanib, 536 ta ish o‘rni barpo etildi.
11,8 mlrd. so‘mlik kredit ajratish hisobiga 266 ta mikroloyiha amalga oshirildi. Natijada ushbu hududda 420dan ortiq aholi ish bilan ta’minlandi.
“Biznesga birinchi qadam” va “Biznesga birinchi qadam – 2” kredit mahsulotlari bo‘yicha 691 nafar o‘zini o‘zi band qilgan fuqaroga 9,9 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratildi.
Joylarda tashkil qilingan uchrashuvlarda 525 nafar tadbirkor ishtirok etdi. Ulardan kelib tushgan 108 ta murojaatning barchasi ijobiy hal etildi.
Bank tomonidan yil yakuniga qadar tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlab, aholi bandligi va daromadini oshirishga qaratilgan ishlar yanada faol davom ettiriladi.
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” dasturi doirasida viloyatda bankka biriktirilgan har bir mahallada kamida 5 tadan loyihaga kredit mablag‘lari ajratiladi.
Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha 420 ta mikroloyiha amalga oshiriladi.
Yirik korxonalarning yangi loyihalariga kredit ajratish asnosida esa 120 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.
Bank Axborot xizmati
Hurmatli hamyurtlar! Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqs ...
Hurmatli hamyurtlar! Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqsa ...
Hurmatli hamyurtlar! Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqsa ...