• Main
  • Press-center
  • O‘zsanoatqurilishbank turizm loyihalarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda

O‘zsanoatqurilishbank turizm loyihalarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda


17.03.2026 16:01

Bugungi kunda turizm sohasi iqtisodiyotning eng muhim drayverlaridan biriga aylanib bormoqda. Ushbu yo‘nalish nafaqat mamlakat iqtisodiy o‘sishiga xizmat qiladi, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishda ham muhim omil hisoblanadi.

Turizmni rivojlantirish, ayniqsa, mehmonxonalar, dam olish maskanlari, transport va servis infratuzilmasini barpo etish kabi yirik loyihalarni amalga oshirish katta hajmdagi moliyaviy resurslarni talab etadi. Shu bois mazkur sohaning barqaror rivoji ko‘p jihatdan bank tizimining qo‘llab-quvvatlashiga bog‘liq.

Bank moliyaviy ko‘magi – turizm rivoji uchun asos

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida tizimli ishlar olib borilmoqda. Bank ajratayotgan moliyaviy resurslar hisobidan yangi mehmonxonalar tashkil etish, mavjudlarini kengaytirish, xizmatlar sifatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyati kengaymoqda.

Xususan, bank tomonidan ajratilgan kredit mablag‘lari tadbirkorlik subyektlariga o‘z faoliyatini kengaytirish va zamonaviy xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini shakllantirishda muhim moliyaviy tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda.

Tadbirkorlik rivoji – yangi imkoniyatlar demak

Tadbirkor Jahona Erkinovaning ta’kidlashicha, bank bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik qisqa vaqt ichida sezilarli natijalarni bergan:

“Biz bir yildan buyon O‘zsanoatqurilishbank bilan hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Bank tomonidan ajratilgan 3 millard 400 million so‘m kredit evaziga mehmonxonamizni kengaytirib, zarur sharoitlar bilan birga 10 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Bugungi kunda turizm rivojlanib borayotgan bir paytda sifatli xizmatga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Kelgusida esa xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan mehmonxonalar ochishni rejalashtirganmiz.”

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur mehmonxona bir vaqtning o‘zida 100 ga yaqin mehmonlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Raqamlar ortida – amaliy natijalar

Bankning Toshkent shahridagi faoliyati misolida olsak, 2025-yil davomida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritayotgan 570 dan ortiq tadbirkorlik subyektlariga jami 795 milliard so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgan.

Mazkur ko‘rsatkichlar bankning real sektorni qo‘llab-quvvatlash, xususan, turizm va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishdagi faol ishtirokini yaqqol namoyon etadi.

 





01/14/2026 04:11:34 pm
O‘zsanoatqurilishbank sirdaryolik tadbirkorlarni faol qo‘llab-quvvatlamoqda

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish ha ...

11/20/2025 12:44:32 pm
Navoiy viloyatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Karmana tumanidagi namunaviy loyiha

Prezidentimiz tomonidan belgilangan aholi daromadini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va kichik ...

11/03/2025 12:33:45 pm
O‘zsanoatqurilishbank (SQB) rahbariyati aholi bandligi va muammolarini o‘rganish uchun joylarga chiqdi

Ushbu tashabbuslar Prezidentimiz boshchiligida aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash, xotin-qizlar va yoshlar ...


Last updated date: 17.03.2026 16:01  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит